Moliyaviy tahlilchi / Moliya mutaxassisi / Финансовый аналитик
Описание вакансии
компания "artel"
vazifalar:- ishlab chiqarishning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- byudjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish jarayonlarida ishtirok etish;
- daromadlarni tahlil qilish va xarajatlarni nazorat qilish;
- reja va amaldagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda og‘ishlarni aniqlash;
- p&l, cash flow va balance sheet bilan ishlash;
- moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash;
- mahsulot tannarxi va rentabelligini tahlil qilish;
- moliyaviy modellar va prognozlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- rahbariyat uchun tahliliy materiallar tayyorlash.
- moliya, iqtisodiyot yoki buxgalteriya hisobi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
- moliyachi yoki moliyaviy tahlilchi sifatida kamida 1 yil ish tajribasi;
- moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi tamoyillarini yaxshi tushunish;
- byudjetlashtirish va moliyaviy tahlil tamoyillarini bilish;
- excel dasturini ishonchli darajada bilish;
- acca dasturi bo‘yicha, xususan financial accounting (fa/f3) va financial reporting (fr/f7) yo‘nalishlarida sertifikat yoki ta’limning mavjudligi ustunlik beradi;
- мсфо (ifrs) bo‘yicha bilim va ishlab chiqarish kompaniyasida ish tajribasi ustunlik beradi;
- analitik fikrlash va raqamlarga e’tiborli bo‘lish;
- o‘zbekiston bo‘ylab xizmat safarlariga tayyorlik.
- birinchi kundan rasmiy ishga qabul qilish;
- o‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- kasbiy va martaba rivojlanishi uchun real imkoniyatlar;
- moliya sohasida karyera qurish uchun yaxshi istiqbollar;
- ish beruvchi hisobidan to‘liq tushlik + ikkinchi tushlik;
- ofisda choy va qahva;
- do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa;
- ish grafigi: 6/1, 09:00–19:00;
- manzil: texnopark, «do‘stlik» metro bekati yonida.
bu — yirik ishlab chiqarish kompaniyasining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq real tajriba orttirish, moliyaviy tahlil, byudjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda financial analysis, fp&a, financial control yoki ifrs yo‘nalishlarida karyera qurish imkoniyatidir.