ASKO Qoyliq (Toshkent) filialimizda Do’kon administratori kerak!Do’konni o’z biznesingizdek boshqarmoqchimisiz?ASKO (85+ do’konli avtoshina tarmog’i) sizga filial rahbari bo’lish imkonini beradi. Qancha ko’p sotsangiz, ...
Dokon rahbari | Директор магазина
Описание вакансии
компания "чп ifor toys"
1. lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.
1.1. shtat ma’lumotlari:
a) lavozim nomi – kompaniya rahbari (bundan keyin matnda rahbar);
b) bo‘lim – bosh boshqarma;
c) kimga bo‘ysunadi – bosh boshqarma bosh direktori;
d) kimlar unga bo‘ysunadi – kompaniyadagi barcha bo‘lim va xodimlar;
e) lavozim maqsadi – kompaniya faoliyatini samarali tashkil etish, bosh boshqarma tomonidan belgilangan strategik va operatsion vazifalarni amalga oshirish, xizmatlar sifatini ta’minlash, mijozlar sonini oshirish hamda kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash.
1.2. ish faoliyati:
a) ish joyi – shartnomaga ko‘ra;
b) ish vaqti tartibi – shartnomaga ko‘ra;
c) ish kiyimi – klassik.
1.3. umumiy vazifalar:
a) kompaniya faoliyatini umumiy boshqarish;
b) bosh boshqarma topshiriqlarini bajarish;
c) kompaniyadagi barcha bo‘limlar ishini muvofiqlashtirish;
d) tovar va xizmatlar sifatini nazorat qilish;
e) mijozlar oqimini oshirish va rivojlantirish;
f) moliyaviy natijalarni ta’minlash;
g) kpi tizimi va samaradorlikni nazorat qilish;
h) ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
i) bosh boshqarmaga hisobotlar taqdim etish.
1.4. talab etilgan ma’lumot:
a) oliy ma’lumot (boshqaruv, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi yo‘nalishlari);
b) magistr darajasi (afzal);
c) xalqaro boshqaruv (mba va boshqa) sertifikatlar (afzal).
1.5. ish tajribasi:
a) kamida 3 yil boshqaruv sohasida ish tajribasi;
b) ko‘p tarmoqli tizimlarni boshqarish tajribasi (afzal).
1.6. bilimlar:
a) strategik boshqaruv asoslari;
b) moliyaviy va iqtisodiy tahlil;
c) ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish bozori;
d) kadrlar boshqaruvi;
e) marketing va sotuv tizimlari;
f) qonunchilik va biznes yuritish asoslari;
g) o‘zbek va rus tillarini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (ingliz tilini ham bilishi afzal);
h) ms office (word, excel), google drive va boshqa raqamli vositalarni bilish.
1.7. ko‘nikmalar:
a) muzokara olib borish;
b) inqirozli vaziyatlarni boshqarish;
c) kpi asosida boshqaruv.
d) kuchli strategik fikrlash va tizimli boshqaruv ko‘nikmalari;
e) jamoa bilan ishlash, liderlik va kommunikatsiya qobiliyati.
1.8. shaxsiy sifatlar:
a) liderlik qobiliyati;
b) mas’uliyatlilik;
c) tizimli fikrlash;
d) adolatli baholash;
e) natijaga yo‘naltirilganlik;
f) stressga chidamlilik.
1.9. lavozim imkoniyatlari:
a) raqobatbardosh ish haqi;
b) rasmiy mehnat faoliyati;
c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;
d) zamonaviy va qulay ish muhiti;
e) trening va rivojlanish dasturlari;
f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.
agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!


