Persons LC oquv markaziga masuliyatli va ozoda ayol/qizlarni tozalik xodimi lavozimiga ishga taklif qilamiz!Vazifalar:Oquv xonalari, yolaklar va sanuzellarni kunlik toza va ozoda saqlash;Partalar, doskalar va oynalarni ...
Logistik Hodim Ishga Taklif qilamiz
Описание вакансии
ASHWOOD MEBEL FABRIKASIGA LOGIST XODIM KERAK!
ASHWOOD — buyurtma asosida mebel ishlab chiqaruvchi fabrika. O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarga mebellarni o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib berish jarayonini boshqaradigan mas’uliyatli logist xodimni ishga taklif qilamiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
Hyundai va Damas avtomobillarida yuklarni yetkazib berish jarayonini tashkil qilish.
O‘zbekiston bo‘ylab yuk tashish yo‘nalishlari va lokatsiyalarni nazorat qilish.
Mashinalarning o‘z vaqtida kelishi, yuklanishi, yo‘lga chiqishi va tushirilishini nazorat qilish.
Mebellarni transportga yuklashdan oldin sifatli qadoqlashni tashkil qilish va nazorat qilish.
Mebellarni yuklash, mahkamlash, tashish va tushirish jarayonida shikastlanishning oldini olish.
Yuklash-tushirish ishchilarini muvofiqlashtirish va ish jarayonini nazorat qilish.
Haydovchilar, montajchilar, mijozlar va fabrika xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lish.
Yukning to‘g‘ri manzilga, to‘liq va soz holatda yetib borishini nazorat qilish.
Yetkazib berish bo‘yicha hisobot yuritish, kechikishlar va muammolar haqida rahbariyatga xabar berish.
NOMZODGA TALABLAR:
Mas’uliyatli, tartibli va chaqqon bo‘lish.
Tashkiliy qobiliyatga va muammolarni tezkor hal qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Haydovchilar va ishchilar bilan ishlay olish.
Mebel ishlab chiqarish yoki yetkazib berish sohasida tajriba bo‘lsa, ustunlik beriladi.
ISH VAQTI:
Ish kunlari: haftasiga 6 kun.
Dam olish kuni: yakshanba.
Ish vaqti: 08:00 dan 18:00 gacha.
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
Oziq-ovqat korxona hisobidan.
Yotoq joy bilan ta’minlash.
Ishlash uchun zarur sharoitlar.
Barqaror ish va jamoa bilan ishlash imkoniyati.
MANZIL: Andijon shahri, HBK zavodi hududi, Bobur avtosaloni mo‘ljal.
Murojaat uchun: [ * Telegramdan va 17:00 gacha Aloqaga chiqing Doniyor]
ASHWOOD MEBEL — Sifatli mebel, ishonchli xizmat!