NEXT DEVELOPERS TEAM — IT platformalar va raqamli xizmatlarni ishlab chiqish hamda rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Kompaniyamiz haydovchilik ta’limi, avtomaktablar faoliyatini boshqarish va haydovchilik ...
Mijozlar bilan ishlaydigan menejer
Описание вакансии
Instagram va telefon orqali mijozlar bilan ishlaydigan menejer kerak!
Alfajr Premium Brand kompaniyasiga faol, xushmuomala va kirishimli xodim ishga taklif qilinadi!
Siz odamlar bilan yaxshi gaplasha olsangiz, mijozlarni suhbatga jalb qilsangiz va ularni xaridga qiziqtira olsangiz, jamoamizga qo‘shiling!
Vazifalar:
Instagram Direct orqali kelgan murojaatlarga tezkor javob berish;
Telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish va mijozlar bilan suhbatlashish;
Mahsulotlarga qiziqqan mijozlarning telefon raqamlarini olish;
Mijozlarni xaridga qiziqtirish va sifatli lidlarni shakllantirish;
Olingan kontaktlarni sotuv bo‘limiga topshirish;
Murojaatlar va lidlar bo‘yicha hisobot yuritish.
Talablar:
Xushmuomala va kirishimli bo‘lish;
Ravon va ishonchli gapira olish;
Muomala madaniyatiga ega bo‘lish;
Instagram va Telegram’dan foydalana olish;
Mijoz bilan yaxshi suhbat qurib, uning telefon raqamini olishni bilish;
Faol, mas’uliyatli va natijaga intiluvchan bo‘lish;
Tezkor ishlash va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish.
Savdo yoki call-markaz tajribasi bo‘lsa, ustunlik beradi. Tajribasiz, lekin muloqot qobiliyati kuchli nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.
Ish sharoitlari:
Ish vaqti: 10:00–19:00;
Grafik: 6/1;
Ish shakli: ofisda, to‘liq bandlik;
Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 99Б;
Ish haqi: suhbat davomida kelishiladi.
Instagram murojaatlari istalgan vaqtda kelishi mumkin. Ish vaqtidan tashqari murojaatlarga ham kelishilgan tartibda tezkor javob bera olish ustunlik beradi.
Biz uchun eng muhimi — sifatli lidlar! Mijoz bilan yaxshi muloqot qilish, uning qiziqishini aniqlash va sotuv bo‘limiga haqiqiy potensial xaridorlarni yetkazib berish muhim.
Murojaat qilishda o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot va ish tajribangizni yuboring.

