компания davr-smart-service autodoc holding — один из ведущих it-холдингов узбекистана, реализующий масштабные проекты в сфере цифровизации государственных услуг, финтеха, логистики, электронных платежей, автоматизации ...
Middle Backend Developer (Python / Django)
Описание вакансии
компания "яратов жавадбек васил угли"
aros - o'zbekistondagi eng yirik telefon aksessuarlari va zapchastlar savdo tashkiloti. biz uning ichki it jamoasimiz: asosiy boshqaruv tizimi, xodimlar nazorati (staff), moliya (finance) va analitika dasturlarini o'zimiz quramiz va rivojlantiramiz. yozgan kodingiz ertasiga real ishlab turgan biznesda ishlatiladi. jamoamiz kichik — har bir dasturchi o'z yo'nalishiga to'liq egalik qiladi.
bu ish siz uchun, agar:
claude code / ai vositalari bilan cheklovsiz ishlay olsangiz. ai'dan foydalanib tezlikni 3–5 barobar oshira olgan odam bizga kerak. muhimi: ai chiqargan kodni tushunib, tekshirib, javobgarlikni o'z zimmangizga ola bilishingiz.
ish vaqti, tartibi va deadlinelarga masuliyatli bo'lsangiz
muammoni ko'rsangiz o'z yechimingizni bera olsangiz va "bu mening vazifam emas" demasangiz
yosh dasturchilarga yo'l ko'rsata olasiz, code review qila olasiz, texnik qaroringizni asoslay olasiz.
backend asosiy yo'nalishingiz, lekin kerak bo'lganda frontendga ham kirishasiz. bizda backend dasturchilar frontendni ham muvaffaqiyatli olib chiqishmoqda
texnik talablar
python + django / drf bo'yicha kamida 2–3 yil amaliy tajriba
postgresql: schema loyihalash, query optimizatsiya
rest api loyihalash tajribasi
git, gitlab
docker, elasticsearch
redis, celery
test yozish (pytest)
frontend asoslari (js/html/css) mukammal bo'lishi shart emas, lekin qo'rqmasligingiz kerak
biz taklif qilamiz
ish haqi: - - -
texnik qarorlarni o'zingiz qabul qilish erkinligi
ai vositalariga to'liq kirish (claude subscribtion kompaniya hisobidan)
kichik jamoa, ortiqcha byurokratiya yo'q
ish grafigi: ofis toshkent shahri 5/2, 08:00-17:00
tanlov jarayoni
rezyume
qisqa suhbat (30 daqiqa)
amaliy topshiriq — ai vositalaridan foydalanishingiz mumkin va tavsiya etiladi. kodni qanday yozganingizni tushuntira olishingiz muhim.
yakuniy suhbat

