компания agrobank «agrobank» – o‘zbekistonning yirik davlat banklaridan biri. bankda islomiy moliya tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatadigan yangi yo‘nalish tashkil etilmoqda. bu yo‘nalishni biznes, axborot ...
Islomiy moliya metodologi
Описание вакансии
компания "agrobank"
sizning vazifalaringiz:
- islomiy mahsulotlar bo‘yicha nizom, tartib, reglament, yo‘riqnoma, biznes-jarayonlar va namunaviy hujjatlarni ishlab chiqish;
- mahsulot tuzilmasi, shartnomalar va nazorat nuqtalarini tasdiqlangan shar’iy qarorlar asosida rasmiylashtirish, shariat kengashi bilan hamkorlik qilish;
- hujjatlarni yuridik, komplayens, korrupsiyaga qarshi kurashish, risk, buxgalteriya va operatsion bo‘linmalar bilan kelishish, hujjatlarga yuridik xulosa olish va ularni mustaqil komplayens nazoratidan o‘tkazishni tashkil etish;
- filiallar va raqamli kanallar uchun jarayonlarni boshidan oxirigacha tavsiflash, jumladan istisno va nizoli vaziyatlar;
- axborot texnologiyalari uchun talablar shakllantirishda va foydalanuvchi qabul sinovlarida hujjatlarga muvofiqligini tekshirish;
- xodimlar uchun tushuntirish materiallari va yo‘riqnomalar tayyorlash, ishga tushirilgandan keyin hujjatlarni o‘zgarishlar asosida yangilash va versiyalar reyestrini yuritish.
nomzodga talablar:
- ma’lumot: huquq, moliya, iqtisodiyot yoki bank ishi yo‘nalishida oliy ma’lumot;
- tajriba: bank metodologiyasi, ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, komplayens yoki bank mahsulotlari va biznes-jarayonlarini yuridik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
- ichki me’yoriy hujjatlar va biznes-jarayonlarni mustaqil ishlab chiqish, mahsulot shartlarini filiallar uchun tushunarli qoidalarga aylantira olish;
- bilimlar: bank operatsiyalari, shartnoma hujjatlari va bank faoliyatini tartibga soluvchi o‘zbekiston respublikasi qonunchiligi talablarini bilish va amalda qo‘llay olish;
- hujjatlarni turli bo‘linmalar bilan kelishish va hujjat versiyalarini yuritish tajribasi;
- kompyuter savodxonligi: word (tuzatishlarni kuzatish, hujjatlarni solishtirish), excel (makroslar, formulalar) va powerpoint;
- tillar: o‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish;
- ishchi guruhlar, mahsulot sinovlari va zaruratga ko‘ra filiallarga xizmat safarlarida ishtirok etishga tayyorlik.
afzallik hisoblanadi:
- islom huquqi yoki islomiy moliya bo‘yicha maxsus ta’lim yoki ish tajribasi;
- aaoifi (islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) standartlari hamda murabaha, ijara va vakala amaliyotini bilish;
- shariat kengashi uchun hujjat tayyorlash tajribasi;
- jarayonlarni bpmn (biznes-jarayonlarni modellashtirish standarti) bo‘yicha tavsiflay olish;
- ingliz tilini o‘rta (intermediate) va undan yuqori darajada bilish.
biz taklif etamiz:
- raqobatbardosh ish haqi;
- ish tartibi: dushanba–juma, 09:00–18:00;
- yangi yo‘nalishning metodologik asosini noldan yaratish va mahsulotni hujjatdan ishga tushirishgacha olib borish tajribasi;
- kasbiy rivojlanish va yuridik, komplayens, risk, operatsion hamda axborot texnologiyalari mutaxassislari bilan bir jamoada ishlash.

