0

SMM Mutaxasisi Izlayapsizmi.

Фергана, Ферганская областьSMM-менеджер
Откликнуться на OLX

Описание вакансии


SMM LOYIHA TAKLIFI

Athambek
Abror Ahmedov SMM Kursi o‘quvchisi

Loyiha maqsadi

Abror Ahmedov SMM kursini o‘rganish davomida olgan bilimlarimni real loyihada amalda qo‘llash, natija ko‘rsatish va SMM sohasida o‘z tajribamni oshirish maqsadida ushbu loyihani taklif qilaman.

Men sizga Instagram sahifangizni professional tarzda yuritish va rivojlantirish bo‘yicha SMM loyihasini taklif qilaman.

Loyiha doirasida bajariladigan ishlar:

1. Instagram sahifani professional qadoqlash

- Profilni to‘g‘ri pozitsiyalash
- Bio va profil tavsifini optimallashtirish
- Vizual uslubni ishlab chiqish
- Highlights va boshqa profil elementlarini tartibga keltirish
- Sahifani auditoriya uchun tushunarli va ishonchli ko‘rinishga olib kelish

2. 1 oylik kontent-plan

- Kontent strategiyasini ishlab chiqish
- 1 oylik kontent rejasini tuzish
- Reels, post va Stories mavzularini belgilash
- Kontentning maqsadi va auditoriyasini aniqlash
- Sotuvchi, ekspert va imij kontentlarini muvozanatlash

3. Stories’ni to‘g‘ri yuritish

- Stories uchun kundalik kontent strukturasini ishlab chiqish
- Storytelling va liniyali syujetlardan foydalanish
- Auditoriyani jalb qiluvchi interaktivlar: savol, test, ovoz berish va boshqalar
- Stories orqali ishonch va qiziqishni oshirish
- Mahsulot/xizmatni tabiiy tarzda sotuvga olib borish

4. SWOT tahlil

- Sahifaning kuchli tomonlari
- Zaif tomonlari
- Mavjud imkoniyatlar
- Potensial xavf va muammolar

5. Raqobatchilar tahlili

- Asosiy raqobatchilarni aniqlash
- Ularning kontent strategiyasini o‘rganish
- Kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilish
- Auditoriya bilan ishlash usullarini solishtirish
- Raqobatchilardan farqlanish uchun yangi g‘oyalar ishlab chiqish

6. Maqsadli auditoriya tahlili

- Target auditoriyani aniqlash
- Auditoriyaning muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish
- Ularning qiziqishlari va xarid qilish motivlarini aniqlash
- Kontentni auditoriyaga moslashtirish

7. Kontent strategiyasi
Sahifada faqat post joylash emas, balki aniq maqsadga ega kontent tizimini yaratish:

- Ekspertlik kontenti
- Ishonch uyg‘otuvchi kontent
- Ko‘ngilochar kontent
- Sotuvchi kontent
- Imij kontenti
- Auditoriyani jalb qiluvchi kontent

Loyiha yakunida

Maqsadim shunchaki sahifani yuritish emas. O‘rgangan SMM bilimlarimni real loyiha orqali amalda sinab ko‘rish, sahifaga tizim yaratish va o‘lchanadigan natijaga erishish.

Loyiha davomida har bir bosqich tahlil qilinadi va natijalarga qarab kontent strategiyasi takomillashtirib boriladi.

Men uchun bu loyiha — o‘rganganlarimni amalda isbotlash va real SMM кейс yaratish imkoniyati.

Вакансия опубликована: 3 дня назад. Источник: OLX. ID вакансии: #2063321

Работа в Ферганской области