Tajribali Mobilograf kerak (Full-time / Doimiy ish)

Ташкент, Ташкентская область
Откликнуться на OLX

Описание вакансии


Kattalashayotgan va rivojlanayotgan loyihalarimiz uchun jamoamizga professional va oʻz ishining ustasi boʻlgan Mobilograf qidirmoqdamiz.
Bizga kim kerak?
Tajriba: Mobilografiya sohasida kamida 2 yillik professional tajribaga ega boʻlgan (portfolio taqdim etishi shart);
Format: Toʻliq stavka (Full-time) bandlikda ishlay oladigan;
Texnika: Sifatli syomka qila oladigan shaxsiy texnikasi (telefon, stabilizator, yorugʻlik moslamalari, mikrofon) mavjud boʻlgan;
Koʻnikmalar: Kadrlarni toʻgʻri tanlash, montaj, ranglar bilan ishlash (color grading) va trendlarni tushunish.
Vazifalar:
Belgilangan reja asosida doimiy ravishda yuqori sifatli video va foto kontentlar olish;
Videolarni professional darajada montaj qilish va tarmoqlarga tayyorlash.
Ish sharoitlari va vaqti:
Ish grafigi va vaqti suhbat davomida shaxsan gaplashiladi (moslashuvchan variantlar koʻrib chiqilishi mumkin);
Ish haqi: Tajriba va portfoliodan kelib chiqib, kelishilgan holda (yaxshi mutaxassisga yaxshi haq toʻlanadi).
Talab: Oʻziga ishongan, mas’uliyatli va vaqtida ishga keladiganlar telefon qilsin. Shunchaki "rasmga-videoga olib yuradiganlar" bezovta qilmasin.
Aloqa:*
Portfolio va oʻzingiz haqingizdagi qisqacha maʼlumotni Telegram orqali yuboring yoki koʻrsatilgan raqamga qoʻngʻiroq qiling.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область

Вакансия опубликована: 22 Мая 2026. Источник: OLX. ID вакансии: #2068706

Работа в Ташкентской области