ISHGA TAKLIF QILAMIZ! Deklarant lavozimiga ishchi kerak! Talablar: • Deklarantlik sohasida kamida 2 yil ish tajribasi. • Import va eksport hujjatlari bilan ishlashni bilish. • Bojxona deklaratsiyalarini ...
Kompaniyaga yurist (huquqshunos) kerak / Ishga taklif qilamiz
Описание вакансии
MALAKALI YURIST (HUQUQSHUNOS) TAKLIF ETILADI!
Biz rivojlanayotgan va barqaror kompaniyamiz. Agar siz o‘z sohangizning ustasi bo‘lsangiz, qonunchilikni mukammal bilsangiz va jamoada ishlashni istasangiz, biz sizni kutamiz!
VAZIFALARI:
Kompaniyaning shartnomaviy-huquqiy ishlarini yuritish (shartnomalarni tuzish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish)
Ta’sis hujjatlari bilan ishlash, korporativ masalalarni tartibga solish
Davlat organlari, hamkorlar va mijozlar bilan rasmiy xatishmalar va muzokaralar olib borish
Kompaniya manfaatlarini sudlarda va boshqa idoralarda himoya qilish (davo arizalari, shikoyatlar tayyorlash)
Ichki buyruqlar, yo‘riqnomalar va nizomlarni qonunchilikka muvofiqlashtirish
NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Oliy yuridik ma’lumot (bakalavr/magistr)
Korporativ huquq va shartnomalar bilan ishlashda kamida 2-3 yillik ish tajribasi
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini (Fuqarolik, Mehnat, Xo‘jalik va b.) mukammal bilish
O‘zbek va rus tillarini mukammal darajada bilish (yozma va og‘zaki nutq savodxonligi)
Diqqatli, mas’uliyatli va muammolarni tezkor hal qila olish qobiliyati
BIZ TAQDIM ETAMIZ:
Shinam ofis va qulay mehnat sharoitlari
Kompaniya hisobidan tushlik (ovqatlanish)
Ahil va professional jamoa
Karyera va professional o‘sish imkoniyati
Ish haqi: Nomzodning malakasi va tajribasiga qarab suhbat asosida (yuqori va barqaror oylik)
ISH GRAFIKI:
6/1 (yoki kelishilgan holda), 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 8A
Aloqa uchun: Rezume (CV)ingizni Telegram orqali yuboring yoki ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qiling. Telefon: * Telegram: *