Informatika fani oqituvchisi

Ташкент, Ташкентская область synergy school Полная занятость Сменный график до 1 года Образование: Не имеет значения
Откликнуться на Careerist

Описание вакансии



компания "synergy school"

informatika fani o‘qituvchisi

sodiq school | toshkent shahri

kompaniya haqida

sodiq school jamoasiga o‘quvchilarda raqamli savodxonlik, algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qodir, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanadigan informatika fani o‘qituvchisini taklif etamiz.

asosiy vazifalar

  • boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun davlat ta’lim dasturi asosida interaktiv va samarali darslarni tashkil etish;

  • o‘quvchilarga informatika, axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari va algoritmik fikrlashni o‘rgatish;

  • amaliy topshiriqlar, loyihalar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning it sohasiga qiziqishini oshirish;

  • zamonaviy pedagogik metodlar va raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish;

  • o‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish dinamikasini kuzatib borish, individual yondashuvni qo‘llash;

  • o‘quvchilarda mantiqiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • informatika, axborot texnologiyalari, informatika ta’limi yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;

  • maktabda kamida 3 yillik o‘qituvchilik tajribasi;

  • texnik tushunchalarni sodda, tushunarli va amaliy misollar orqali tushuntira olish;

  • o‘quvchilarda algoritmik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantira olish;

  • zamonaviy pedagogik metodlar va interaktiv dars usullarini qo‘llash ko‘nikmasi;

  • o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularni rag‘batlantirish va fanga qiziqtira olish;

  • mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.

qo‘shimcha ustunliklar

  • python, scratch yoki boshqa dasturlash tillarini o‘qitish tajribasi;

  • robototexnika, steam yoki it loyihalari bilan ishlash tajribasi;

  • sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmasi;

  • informatika olimpiadalari, it tanlovlari yoki maktabdan tashqari ta’lim loyihalarida ishtirok etish tajribasi;

  • ingliz yoki rus tilini bilish.

ish sharoitlari

  • ish jadvali: 5/2, soat 08:30 dan 17:00 gacha;

  • ish haqi: raqobatbardosh, nomzodning malakasi va tajribasiga qarab kelishiladi;

  • to‘lov tartibi: oyiga ikki marta — avans va oylik maosh, o‘z vaqtida;

  • o‘zbekiston respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi;

  • xodim farzandining sodiq school’da tahsil olishi uchun o‘qish to‘loviga 50% gacha chegirma;

  • maktab hisobidan kuniga uch mahal ovqatlanish;

  • kasbiy rivojlanish va yangi pedagogik metodikalarni o‘zlashtirish imkoniyati;

  • hamkorlikka asoslangan, kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi ish muhiti;

  • bilim olishga intiluvchan va faol o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati.

    Вакансия опубликована: 30 Октября 2026. Источник: Careerist. ID вакансии: #2070605

    Работа в Ташкентской области

    Похожие вакансии

    Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

    Ташкент, Ташкентская область ноу target education Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года
    Ташкент, Ташкентская область ноу target education Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года