Вакансия закрыта

Руководитель отдела продаж

Ташкент, Ташкентская область, улица Богишамол, 260А IT BUYUK ZAMON SARI Полная занятость Гибкий график от 3 до 6 лет

Описание вакансии


Kompaniya: IT BUYUK ZAMON SARI

Kompaniya haqida

Buyuk Zamon — tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim xizmatlarini taklif qiluvchi kompaniya. Biz tadbirkorlarga biznes qurish, boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalar beramiz.

Kompaniyamiz rivojlanishi munosabati bilan savdo tizimini shakllantirish, jamoani boshqarish va savdo hajmini oshirishga qodir tajribali Savdo bo‘limi rahbarini (ROP) izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

• Savdo bo‘limini noldan shakllantirish va samarali boshqarish.
• Savdo strategiyasi va rivojlanish rejasini ishlab chiqish.
• Savdo rejalari va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash.
• Savdo xodimlari uchun KPI tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
• Xodimlar uchun moddiy va nomoddiy motivatsiya tizimini yaratish.
• Savdo menejerlari faoliyatini nazorat qilish va natijalarini tahlil qilish.
• Savdo voronkasi va konversiya ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
• CRM tizimidagi jarayonlarni tashkil etish va nazorat qilish.
• Savdo skriptlari va mijozlar bilan ishlash standartlarini ishlab chiqish.
• Menejerlarni o‘qitish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish.
• Savdo hajmini oshirish va belgilangan rejalarni bajarilishini ta’minlash.
• Savdo bo‘limi bo‘yicha muntazam hisobotlarni shakllantirish va rahbariyatga taqdim etish.
• Yangi xodimlarni tanlash, ishga moslashtirish va jamoani rivojlantirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

• Savdo sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
• ROP (Savdo bo‘limi rahbari) lavozimida kamida 3 yillik boshqaruv tajribasi.
• Savdo bo‘limini noldan tashkil etish va rivojlantirish tajribasi.
• KPI tizimini mustaqil ishlab chiqish va joriy etish tajribasi.
• Savdo xodimlari uchun motivatsiya va rag‘batlantirish tizimini yaratish ko‘nikmasi.
• Savdo strategiyasi va biznes jarayonlarini ishlab chiqish tajribasi.
• CRM tizimlari va savdo voronkasi bilan ishlash tajribasi.
• Jamoani boshqarish, rivojlantirish va yuqori natijalarga yo‘naltirish qobiliyati.
• Tahliliy fikrlash va raqamlar asosida qaror qabul qilish ko‘nikmasi.
• O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.

Biz taklif qilamiz:

• Rivojlanayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati.
• Raqobatbardosh ish haqi: oylik maosh + KPI.
• O‘z savdo jamoasini shakllantirish imkoniyati.
• Kompaniyaning savdo strategiyasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish.
• Professional va martaba o‘sishi.
• Yangi g‘oyalarni amalga oshirish va kompaniya rivojiga hissa qo‘shish.

Biz izlayotgan nomzod:

Bizga shunchaki tayyor savdo bo‘limini boshqaradigan emas, balki savdo tizimini noldan qura oladigan, KPI va motivatsiya tizimini ishlab chiqadigan, kuchli jamoa shakllantiradigan va kompaniya daromadining barqaror o‘sishini ta’minlay oladigan rahbar kerak.

О компании «IT BUYUK ZAMON SARI»

Buyuk Zamon zamonaviy tadbirkorlik, marketing va shaxsiy rivojlanish bo’yicha amaliy bilim beruvchi innovatsion ta’lim platformasi. Faoliyatimiz “Har bir inson muvaffaqiyatga erisha oladi” degan g’oyaga asoslanadi.

Biz nima qilamiz:

  • Tadbirkorlik, marketing va sotuv bo’yicha amaliy ta’lim dasturlarini o’tkazamiz
  • O’quvchilarimizga biznesni noldan boshlash va daromadga chiqishda yordam beramiz
  • Shaxsiy rivojlanish va natijaga yo’naltirilgan fikrlashni shakllantiramiz

Nega aynan Buyuk Zamon:

  • Ish tajribasi bo’lmaganlarni ham olamiz, yangi xodimlarni o’zimiz o’qitamiz
  • Natijaga qarab o’sish va daromad oshirish imkoniyati bor
  • Rivojlanishga intiladigan yosh va faol jamoa
  • Rasmiy ishga qabul qilamiz, ish sharoitlari aniq va shaffof

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, SAMPI savdo markazi.

Agar rivojlanish, o’rganish va natijaga erishishni xohlasangiz, jamoamizda sizni kutamiz!

Buyuk Zamon — инновационная образовательная платформа, которая даёт практические знания в области современного предпринимательства, маркетинга и личностного развития. В основе нашей деятельности лежит идея: «Каждый может добиться успеха».

Чем мы занимаемся:

  • Проводим практические обучающие программы по предпринимательству, маркетингу и продажам
  • Помогаем ученикам запустить бизнес с нуля и выйти на доход
  • Развиваем личностный рост и мышление, ориентированное на результат

Почему Buyuk Zamon:

  • Принимаем кандидатов без опыта и обучаем новых сотрудников сами
  • Возможность профессионального роста и увеличения дохода в зависимости от результата
  • Молодая, активная и нацеленная на развитие команда
  • Официальное трудоустройство, понятные и прозрачные условия работы

Адрес: г. Ташкент, Юнусабадский район, торговый центр SAMPI.

Если вы хотите развиваться, учиться и добиваться результатов, мы ждём вас в нашей команде!

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область EUROSNAB TECHNOLOGY Полная занятость Гибкий график | 6/1 от 3 до 6 лет
обучениеграфик 6/1официальное трудоустройствобонусы
Ташкент, Ташкентская область BENTRADE CORP Полная занятость Гибкий график | 6/1 от 1 года до 3 лет
Ташкент, Ташкентская область INTERSTEELS Полная занятость Полный день | 5/2 от 3 до 6 лет
график 5/2с опытом работы
Ташкент, Ташкентская область newgen commerce Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года
дружный коллектив
Ташкент, Ташкентская область citi fuel (ооо staff atlantic) Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года
обучениепрофессиональный рост

Подождите идет загрузка...