Вакансия закрыта

Malakali administrator

Ташкент, Ташкентская область

Описание вакансии


Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasiga administrator ishga taklif etiladi!

Jamoamizga mas’uliyatli, xushmuomala, tashabbuskor va o‘z ishiga professional yondashadigan administrator qidirmoqdamiz.

Asosiy vazifalar:

- Ota-onalarni kutib olish va ularga kerakli ma’lumotlarni taqdim etish.
- Telefon qo‘ng‘iroqlari va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarga javob berish.
- Yangi mijozlar bilan ishlash va bog‘cha xizmatlarini tanishtirish.
- Bolalarni qabul qilish va hujjatlar bilan ishlash.
- Kundalik tashkiliy va ma’muriy ishlarni yuritish.
- Ota-onalar bilan do‘stona va professional munosabatlarni saqlash.
- Rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot.
- O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.
- Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olish.
- Muomala madaniyati va chiroyli nutqqa ega bo‘lish.
- Mas’uliyatli, tartibli va xushmuomala bo‘lish.
- Muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish.
- Jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Biz taklif qilamiz:

- Qulay va zamonaviy ish muhiti.
- Ahil va professional jamoa.
- Barqaror ish joyi.
- Kasbiy rivojlanish imkoniyati.
- O‘z vaqtida va kelishilgan tartibda ish haqi.

Ish shartlari:

- Ish joyi: Xususiy bog‘cha.
- Ish grafigi: Suhbat davomida kelishiladi.
- Ish haqi: Nomzod bilan suhbat asosida.

Murojaat uchun:

Rezyumeyingizni yuboring yoki ko‘rsatilgan aloqa raqami orqali bog‘laning

*

Работа в Ташкентской области