Тиббий вакил керак.

Ташкент, Ташкентская область Дневная
Откликнуться на OLX

Описание вакансии


Водий, Сирдарё, Тошкент вилоят буйича.

Shifokor va hamshiralar, siz uchun yangi imkoniyat!

Original biologik faol qo‘shimchalar — BFQ mahsulotlari bilan ishlaydigan, sifat va sotuv bo‘yicha barqaror rivojlanayotgan kompaniyamiz jamoasiga qo‘shiling!

Bugun jamoamizda 200 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Kompaniya kengayayotgani sababli respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida yangi tibbiy vakillarni ishga taklif qilamiz.

Kimlarni kutyapmiz?

• 20–40 yoshdagi xotin-qizlar — shifokor va hamshiralar.
• O‘rganishga, ishlashga va natijaga erishishga intiladigan nomzodlar.
• Muloqotga kirishuvchan, mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassislar.

Yonalishlar: Pediatriya, Lor, Ginekologiya, Terapiya, Ortopediya, Nevrologiya, Kardiologiya va boshqa yonalishlar ham.

Tibbiy vakillik tajribangiz yo‘qmi? Ishni to‘liq o‘rgatamiz! Tajribangiz bo‘lsa, yangi jamoa va mahsulotlarga tezroq moslashishingizga yordam beramiz.

Sizni ishga tayyorlaymiz va ish davomida qo‘llab-quvvatlaymiz.

Men kompaniyaning Product Manager’i sifatida sizni shaxsan tayyorlayman: mahsulotlar bo‘yicha bilim, shifokor va dorixonalar bilan ishlash, taqdimot qilish hamda sotuv ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich o‘rgataman.
Ish boshlaganingizdan keyin ham savollaringiz va amaliy vaziyatlarda yordamlashaman. Siz bilan talabchan, kuchli bilim va amaliy tajribaga ega fan nomzodi ishlaydi.

Daromad: KPI natijalariga qarab oyiga 10–40 (100) mln so‘m.
Daromadingiz belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liq. Maqsadimiz — sizga ishni o‘rgatish, natijaga erishishingiz va yaxshi daromad qilishingizga ko‘maklashish.
Asosiy e’tibor — samarali ish va natijaga qaratiladi.
Har kuni lokatsiya yuborish, video hisobot topshirish va ortiqcha baza to‘ldirish, 15 ta visit qilish kabi vaqt oladigan talablar qo‘yilmaydi. Vaqtingizni bilim, sifatli muloqot va sotuvga sarflaysiz — natijangizga yarasha daromadingizni sanaysiz!

Nega bizning jamoa?

• Original BFQ mahsulotlari bilan ishlash.
• Ishni boshidan o‘rganish imkoniyati.
• Product Manager’ning doimiy amaliy yordami.
• 200 kishilik jamoaga qo‘shilish.
• Kengayayotgan kompaniyada kasbiy o‘sish imkoniyati.

Tibbiy bilimingizni yangi kasb va daromad imkoniyatiga aylantiring. Sizni jamoamizda kutamiz!

Ishga qiziqsangiz, shaxsiy xabarga yozing:
Ism-familiyangiz, yoshingiz, mutaxassisligingiz, ishlamoqchi bolgan hududingiz va telefon raqamingiz va resume yingizni qoldiring.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область

Вакансия опубликована: 12 Октября 2026. Источник: OLX. ID вакансии: #2080644

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область
Ташкент, Ташкентская область сп ооо jns labs Полная занятость Сменный график Не имеет значения Без опыта работы
Ташкент, Ташкентская область