Oʻquv markaz uchun brand face qiz kerak vedyoga tushib gaprib berish uchun vedyolar soniga qarab pul toʻlanadi markaz til kurslari
Tur operator qiz kerak
Описание вакансии
Turizm sohasida ishlashni istaysizmi? Tur operatori vakansiyasi aynan siz uchun!
Visamaster turistik kompaniyamiz ofisda ishlash uchun tur operatori lavozimiga faol, mas’uliyatli va muloqotga kirishimli qizlarni ishga taklif qiladi.
Yosh: 18–30 yosh
Ish vaqti: 09:00–18:00
Manzil: Muhammad Al-Xorazmiy ko‘chasi
Mo‘ljal: Shohsaroy restorani
Asosiy vazifalar:
• mijozlarga turistik yo‘nalishlar bo‘yicha maslahat berish;
• mijoz uchun mos tur va mehmonxonalarni tanlash;
• turlarni bron qilish va rasmiylashtirish;
• telefon va messenjerlar orqali mijozlar bilan ishlash;
• kelib tushgan so‘rovlarni qayta ishlash;
• mijozni murojaatdan bron yakunlangunga qadar kuzatib borish;
• turistik tizimlar va hamkorlarning takliflari bilan ishlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• ravon va savodli gapira olish;
• mijozlar bilan to‘g‘ri muloqot qila bilish;
• mas’uliyatli va intizomli bo‘lish;
• tez o‘rganish va rivojlanishga tayyor bo‘lish;
• kompyuterdan ishonchli foydalana olish;
• jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
• turizm va sayohat sohasiga qiziqish.
Turizm sohasidagi ish tajribasi ustunlik beradi. Tajribasi bo‘lmagan, ammo o‘rganishga va rivojlanishga tayyor nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.
Biz taklif qilamiz:
• qulay ofisda ishlash;
• ishga moslashish davrida o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash;
• turizm sohasida amaliy tajriba orttirish imkoniyati;
• professional rivojlanish va o‘sish imkoniyati;
• barqaror ish grafigi;
• ahil va faol jamoa.
Batafsil ma’lumot olish va suhbatga yozilish uchun:
+998 91 535 01 36 — Madina
Agar siz turizm sohasida faoliyat boshlashni, yangi bilim va tajriba orttirishni hamda professional rivojlanishni istasangiz, sizni jamoamizda kutamiz.
