Hayot Yo‘li Education jamoasiga sotuv menejeri kerak
Описание вакансии
Xorijda o‘qishga qiziqqan abituriyent va ota-onalar bilan gaplashasiz, ularga mos variantlarni tushuntirasiz va birinchi qo‘ng‘iroqdan shartnoma imzolanishigacha hamroh bo‘lasiz. Biz Rossiya va Xitoy oliygohlariga hujjat topshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatamiz.
Vazifalaringiz
Xizmatlarimizga qiziqish bildirgan mijozlarga qo‘ng‘iroq qilish.
Abituriyentning maqsadini aniqlash, o‘qish variantlari va xizmat shartlarini sodda tilda tushuntirish.
Abituriyent va ota-onalarning savollariga javob berish, keyingi qadamni kelishib olish va belgilangan vaqtda qayta bog‘lanish.
Qo‘ng‘iroqlar, kelishuvlar va sotuv natijalarini Google Sheets’da yuritish.
Oylik sotuv rejasini bajarish.
Kimni qidiryapmiz?
O‘zbek tilida ravon va tushunarli gapiradigan.
Mijozni tinglay oladigan va murakkab ma’lumotni sodda tushuntiradigan.
Kelishilgan vaqtda qayta qo‘ng‘iroq qiladigan va har bir murojaatni oxirigacha kuzatadigan.
Sotuv, call-markaz yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi bo‘lsa, bu ustunlik.