AGTKSh guruhi , Yonilg‘i va yoqilg‘i moylash materiallari quyuvchisi
Описание вакансии
“UzAuto Motors“ AJ Transport tashuvlari boshqarmasi, YoMM va Avtogazto‘ldirish kompressor shahobchasi (AGTKSh) bo‘linmasi, AGTKSh guruhi Yonilg‘i va yoqilg‘i moylash materiallari quyuvchisilavozimiga tanlov e’lon qilamiz.
Аsosiy vazifalari:
Balonlarni siqilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirish yo‘riqnomasi hamda «Texnik reglament» talablariga qat’iy rioya qilgan holda, avtotransport vositalariga gaz to‘ldirish ishlarini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda bajarish;
“AGTKShni xavfsiz ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Bosim ostida ishlovchi idishlar va apparatlarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma”, shuningdek, boshqa tegishli qoidalar va avtomobillarga yoqilg‘i quyish tartibi talablariga qat’iy amal qilish;
Gaz to‘ldirish kolonkalari va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, ularning doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlash;
Faqat texnik jihatdan soz uskunalarga ega bo‘lgan avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz (STG) quyish;
Gaz quyish kolonkalaridagi o‘lchov vositalari (manometrlar) orqali STG bosimini nazorat qilish va uning belgilangan me’yordan (200 kg/sm²) oshmasligini ta’minlash;
Jihozlar va o‘lchov asboblarida nosozlik aniqlangan taqdirda, zudlik bilan shahobcha operatoriga, jihozlar bo‘yicha ustaga, shahobcha mexanigiga, 2-toifali muhandisga hamda guruh boshlig‘iga xabar berish.
Talablar:
- Ma’lumoti: O‘rta yoki O‘rta-maxsus;
- Soha bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega
- Jinsi: Erkak
- Yoshi: 18 yoshdan yuqori;
- Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining maxsus dasturlari asosida o‘qigan va guvohnomaga, soha bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega, korxona siyosati, printsiplari, strategiyalarini tushinishi va maʼlumotlarni sir saqlashishi.
Mehnat sharoitlari:
- Ijtimoiy paket;
- Mehnat ta’tili;
- Maxsus uniforma;
- Issiq ovqat;
- Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taʼminlash;
- Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
- Ish vaqti: Ish grafik asosida;
- Ish joyi: Asaka shahar.
