Вакансия закрыта

Moliyaviy xizmat departamenti direktori (CFO) – Bosh buxgalter

Ташкент, Ташкентская область Aloqabank Полная занятость Полный день Более 6 лет

Описание вакансии


Ta’lim va malaka:

- Ta’lim darajasi: moliya, iqtisod yoki buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot.

- Kasbiy malaka: CIMA, ACCA, CFA, CIA xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish.

Ish tajribasi:

- amaliy tajriba: yirik moliya-kredit tashkilotlarida shu kabi lavozimlarda kamida 5 (besh) yillik kasbiy tajriba;

- MHXS bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va auditorlik hamda regulyator organlar bilan hamkorlik qilish tajribasi.

Bilim va ko‘nikmalar:

- MHXS (shu jumladan, MHXS 9 - moliyaviy instrumentlar, kredit yo‘qotishlari bo‘yicha zaxira) va bank hisobotlarini puxta bilish;

- moliyaviy tahlil va modellashtirish: hisobotlardagi ma’lumotlarni tez tahlil qilish, moliyaviy modellar qurish va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xulosalar chiqarish qobiliyati;

- soliq va buxgalteriya bo‘yicha tajriba: qonunchilikni bilish va soliq bazasini optimallashtirish usullarini qo‘llash;

- rejalashtirish va byudjetlashtirish: prognoz qilish, resurslarni taqsimlash, bank biznes-rejasini joriy etish va uning ijrosini nazorat qilish;

- moliyaviy risklarni boshqarish: eng zaif joylarni aniqlash, stress-test o‘tkazish va moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilish;

- muzokara ko‘nikmalari: hamkorlar, investorlar, auditorlar va davlat organlari bilan muloqot tajribasi;

- investitsiya boshqaruvi: loyihalarni baholash, NPV, IRR, EBITDA kabi investitsiya ko‘rsatkichlarini bilish;

- IT tizimlari bilan ishlash: BI hamda boshqa hisob va tahlilni avtomatlashtirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish.

• Qo‘shimcha kompetensiyalar: buxgalteriya hisobi va audit tamoyillarini chuqur tushunish, soliq qonunchiligini bilish, moliyaviy tahlil va modellashtirish ko‘nikmalari.

• Boshqaruv ko‘nikmalari: ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash, nostandart vaziyatlarda ishlay olish, samarali jamoalar shakllantirish, ichki reglament va tartib-qoidalarni ishlab chiqish qobiliyati.

• Tillarni bilish: o‘zbek, rus va ingliz (afzallik beriladi) tillarini bilish.

• Shaxsiy sifatlar: strategik va tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyati, qat’iyatlilik, ishni oxiriga yetkazish, vaqtni tashkil qilish, aniqlik, intizom, o‘rganuvchanlik.

Asosiy majburiyatlari:

  • Moliyaviy rejalashtirish:
  • Bankning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Bank biznes-rejasini tuzish va uning ijrosini monitoring qilish;
  • Daromadlilik tahlili va investitsiya takliflarini o‘tkazish;
  • Pul mablag‘larini yo‘naltirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash.
  • Pul mablag‘larini boshqarish:
  • Mavjud resurslarni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish;
  • Pul oqimlarini optimallashtirish va aylanma mablag‘lar tanqisligini bartaraf etish;
  • Bankning to‘lov qobiliyati va likvidligini monitoring qilish.
  • Moliyaviy hisobot tayyorlash:
  • Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar uchun aniq va shaffof moliyaviy hisobotlarni ta'minlash;
  • Hisobotlarning xalqaro MHXS standartlariga muvofiqligi;
  • Moliyaviy intizomni yaxshilash bo‘yicha rahbariyatga tavsiyalar berish.
  • Risklarni boshqarish:
  • Potentsial moliyaviy risklarni aniqlash va baholash;
  • Risklarni kamaytirish uchun sug‘urta va xedjlash mexanizmlarini yaratish;
  • Aktivlarni diversifikatsiya qilish va optimal taqsimlash usullarini qo‘llash.
  • Soliq optimallashtirish:
  • Soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
  • Soliq organlari va auditorlik firmalari bilan maslahatlashish;
  • Bankni soliq nizolari va tekshiruvlarda vakillik qilish.
  • Bankning moliyaviy tizimlarini yaratish va takomillashtirish:
  • Moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish;
  • Samarali moliyaviy boshqaruv vositalarini joriy etish.
  • Ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik:
  • Yuridik xodimlar, soliqchilar, auditorlar va maslahatchilar bilan hamkorlik;
  • Rahbariyat va xodimlarga doimiy ravishda dolzarb ma’lumotlar taqdim etish;
  • Muhim boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etish.

Условия:

- Qulay ofis;

- Karyera o'sishi;

- Kasbiy o'sish va malaka oshirish imkoniyatlari;

- Bir-biriga yaqin va professional jamoa;

- Raqobatbardosh ish haqi.

О компании «Aloqabank»

Акционерный коммерческий "Алокабанк" создан постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан 12 октября 1994 года для оказания экономической поддержки предприятиям и малому и среднему бизнесу Узбекского агентства связи и информации.

АК «Алокабанк» действует как универсальный коммерческий банк на основании следующих лицензий:

  • Лицензия Центрального банка Республики Узбекистан № 48 от 21 октября 2017 года (заменена лицензией № 48 от 22 марта 1995 года);
  • Генеральная лицензия Центрального банка Республики Узбекистан на право проведения операций с иностранной валютой № 59 от 4 августа 2014 года (заменена лицензией № 38 от 21 августа 1996 года);

В настоящее время банк:

  • Член Ассоциации банков Республики Узбекистан;
  • Участник обмена валюты Республики Узбекистан;
  • Член «Фонда страхования вкладов» в банках;
  • Участник Республиканской фондовой биржи «Ташкент»;
  • Член национальной платежной системы Узбекистана;
  • Член международной платежной системы SWIFT;
  • Член международной платежной системы VISA;
  • Член Ассоциации линзоров Узбекистана;
  • является центром синдицированных кредитных инициатив.
Сайт компании

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область aloqabank Полная занятость Сменный график Не имеет значения Более 6 лет
Ташкент, Ташкентская область Aloqabank Полная занятость Полный день | 5/2 Более 6 лет