Gilam yuvish Fabrikasiga Haydovchi kerak

Уртааул
Откликнуться на OLX

Описание вакансии


GILAM YUVISH KORXONASIGA HAYDOVCHI KERAK!

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi gilam yuvish korxonamizga doimiy ishlaydigan haydovchi ishga taklif qilinadi.

TALABLAR:

* Toshkent shahrini yaxshi bilishi shart.
* Kamida 3–4 yil haydovchilik tajribasi.
* Mas’uliyatli, xushmuomala va baquvvat bo‘lishi.
* Halol, chaqqon va ishga jiddiy yondashishi.
* Uzoq muddat ishlash niyatida bo‘lishi.

ISH VAZIFALARI:

* Mijozlarning uyidan gilamlarni olib kelish.
* Yuvilgan va tayyor bo‘lgan gilamlarni mijozlarga yetkazib berish.
* Joyida gilam va mebel yuvish xizmatlariga borish (o‘rgatamiz).
* Mijozlar bilan xushmuomala bo‘lish.

ISH SHAROITLARI:

* Ishxona tomonidan Damas avtomobili beriladi.
* Oylik: 4 500 000 – 7 000 000 so‘mgacha.
* Oylik ish natijasi va bajarilgan ish hajmiga qarab belgilanadi.
* Ish haqi har oy oxirida beriladi.
* Ish vaqti buyurtmalar hajmiga qarab.
* Haftaning 7 kuni ish.
* 3–4 kun sinov muddati.
* Bir avtomobilda bitta haydovchi ishlaydi.
* Buyurtmalar ko‘payganda qo‘shimcha xodimlar ajratiladi.

VILOYATDAN KELUVCHILAR UCHUN:

* Bepul yotoqxona.
* Dush va yuvinish sharoitlari.
* Kuniga 3 mahal ovqat.

MUHIM: Bizga vaqtinchalik emas, doimiy ishlaydigan, imkon qadar ishxonada yashab mehnat qilishga tayyor haydovchi kerak.

MUROJAAT UCHUN:

Jiddiy ish izlayotgan nomzodlar qo‘ng‘iroq qiling!

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Уртааул

Вакансия опубликована: 13 Ноября 2026. Источник: OLX. ID вакансии: #2083772