Ishga taklif qilamiz !

Ташкент, Ташкентская область
Откликнуться на OLX

Описание вакансии


Biz ishlab chiqarish sexlarimizga mas’uliyatli va o‘z ishining ustalarini ishga taklif qilamiz!

Manzillar:

  • Toshkent: Mirzo Ulug‘bek tumani, Shalola 19. (Eksperimental sex, yashash uchun sharoit va 2 mahal ovqat ta’minlanadi).

  • Jizzax: Zomin tumani, Yoshlik 9.

Kimlar kerak?

  • Toshkent uchun: Tajribali tikuvchilar, bichuvchilar (kroy) .

  • Jizzax filiali uchun: Tajribali tikuvchilar, dazmolchilar va bichuvchi yordamchilari.

Ish sharoitlari:

  • Ish vaqti: 6 kunlik ish haftasi, 08:00 dan 18:00 gacha.

  • Oylik maosh: 3 000 000 so‘mdan boshlanadi va yuqori chegara belgilanmagan (ishbay tizimi). Oklad yo‘q, daromadingiz faqat o‘z mehnat unumdorligingizga bog‘liq.

  • Imtiyozlar: Tushlik kompaniya hisobidan.

  • Rasmiylashtirish: 3 oylik muvaffaqiyatli ishdan so‘ng mehnat daftarchasi yuritiladi.

Sinov muddati: 3 kunlik sinov muddati mavjud. Agar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, ishni davom ettirsangiz, ushbu 3 kunlik mehnat haqingiz to‘liq to‘lab beriladi. Agar 3 kun ichida yoki undan keyin ishni tark etsangiz, sinov kunlari uchun haq to‘lanmaydi.

KIMLARGA BU ISH MOS EMAS?

  • "Shunchaki joy qidirayotganlar" yoki "vaqt o‘tkazishni" maqsad qilganlar;

  • Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmaganlar yoki "yolg‘iz bo‘ri" bo‘lib ishlaydiganlar;

  • Mas’uliyatsiz, intizomga rioya qilmaydigan va o‘z ishiga professional yondashmaydiganlar;

  • Doimiy ravishda bahona qidirib, ishdan qochadiganlar.

Bizga faqat o‘z ishini sevadigan, jamoa bilan inoq ishlay oladigan va o‘z daromadini o‘zi belgilashni istaydigan mehnatsevar insonlar kerak.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область

Вакансия опубликована: 08 Июля 2026. Источник: OLX. ID вакансии: #2084894

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область
bonus
Ташкент, Ташкентская область Удалённая работа
bonus
Ташкент, Ташкентская область
водительское удостоверение
Ташкент, Ташкентская область
Ташкент, Ташкентская область

Подождите идет загрузка...