Bolalar bog‘chasi bosh tarbiyachisi (Turk tilini mukammal biladigan) Türk Garden Preschool | Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani Biz haqimizda Türk Garden Preschool — 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun turk ta’lim ...
Bog‘chaga Tarbiyachi (turk tilini mukammal biladigan)
Описание вакансии
Bolalar bog‘chasi bosh tarbiyachisi (Turk tilini mukammal biladigan)
Türk Garden Preschool | Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani
Biz haqimizda
Türk Garden Preschool — 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun turk ta’lim tizimi asosida faoliyat yurituvchi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi.
Bog‘chamizda bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, o‘yin orqali o‘rganishiga, ijodkorlik, tabiat va san’at orqali yangi bilimlarni kashf etishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ta’lim jarayonimiz Reggio Emilia pedagogik yondashuvidan ilhomlangan.
Jamoamizga turk tilida ravon so‘zlasha oladigan, tajribali, mas’uliyatli va guruhni mustaqil boshqara oladigan bosh tarbiyachi izlayapmiz.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Maktabgacha ta’lim sohasida kamida 3 yillik tarbiyachi sifatida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish
Turk tilida erkin va ravon gaplasha olish (majburiy talab)
Maktabgacha ta’lim bo‘yicha tegishli ma’lumot yoki kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish
Bolalar guruhini mustaqil, tartibli va samarali boshqara olish
Turk ta’lim tizimiga va bog‘chamizning o‘quv dasturiga moslasha olish
Reggio Emilia pedagogik yondashuvini o‘rganish va amaliyotda qo‘llashga tayyor bo‘lish
Bolalarga bilim va ko‘nikmalarni o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar va amaliy faoliyat orqali o‘rgata olish
Kasbiy rivojlanishga intilish va bog‘chamiz tomonidan tashkil etiladigan o‘quv-treninglarda qatnashishga tayyor bo‘lish
Mas’uliyatli, sabrli, tashabbuskor va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish
Dushanbadan jumagacha, 08:00–18:00 oralig‘ida ishlay olish
Asosiy vazifalar
O‘ziga biriktirilgan bolalar guruhining ta’lim-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatini to‘liq boshqarish
Bog‘chamiz tomonidan ishlab chiqilgan tayyor o‘quv dasturi, metodik qo‘llanmalar va mashg‘ulot rejalarini amaliyotga tatbiq etish
Bolalarga yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘yin, ertak, san’at, musiqa va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish
Guruhda xavfsiz, tartibli va bolalarning rivojlanishiga mos muhit yaratish
Bolalarning ijtimoiy, hissiy, aqliy va nutq rivojlanishini kuzatib borish
Kundalik tartib, mashg‘ulotlar va guruh ichidagi faoliyatni samarali tashkil etish
Turk o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlash
Bog‘chaning ta’lim standartlariga rioya qilish va kasbiy rivojlanish dasturlarida faol ishtirok etish
Biz taklif qilamiz
Ish joyi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani
Ish kunlari: Dushanba – Juma (haftasiga 5 kun)
Ish vaqti: 08:00–18:00
Maosh: Nomzodning ish tajribasi, kasbiy mahorati va salohiyatiga qarab belgilanadigan yuqori va raqobatbardosh ish haqi.
Ovqatlanish: Kuniga 2 mahal bepul ovqatlanish ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.
Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari:
Turk o‘qituvchilari bilan bir jamoada ishlash
Turkiya maktabgacha ta’lim tizimini amaliy jihatdan o‘rganish
Bog‘cha tomonidan tashkil etiladigan kasbiy trening va o‘quv dasturlarida qatnashish
Reggio Emilia yondashuvi asosidagi pedagogik usullarni o‘zlashtirish
Xalqaro ta’lim tajribasini orttirish va o‘z kasbiy salohiyatini oshirish
Tartibli, zamonaviy va qo‘llab-quvvatlovchi ish muhitida faoliyat yuritish
Ishga qabul qilish uchun murojaat
Qiziqqan nomzodlardan o‘z rezyumesini (CV), maktabgacha ta’lim sohasidagi ish tajribasi va turk tilini bilish darajasi haqidagi ma’lumotlarni Telegram orqali yuborishlarini so‘raymiz.
Türk Garden Preschool
O‘z kasbini sevadigan, bolalar bilan ishlashdan zavqlanadigan va doimiy rivojlanishga intiladigan tajribali pedagoglarni jamoamizga taklif qilamiz!