Вакансия закрыта

Sug‘urta sohasida xodimlar salohiyatini rivojlantirish markazi direktori

Ташкент, Ташкентская область Национальная страховая компания Узбекинвест Полная занятость Полный день Более 6 лет

Описание вакансии


Asosiy vazifalar:
  • Sug‘urta sohasida xodimlar salohiyatini rivojlantirish markaziga, Sug‘urta maktabi va akademiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, joriy va strategik rejalarni belgilash.
  • Kompaniya va uning hududiy bo‘linmalarining tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini, lavozimlar ro‘yxatini hamda shtat jadvalini shakllantirish.
  • Xodimlarni tanlash, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va rotatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Rahbarlik lavozimlari uchun xodimlar zaxirasini shakllantirish, uning holatini monitoring qilish va takomillashtirish.
  • Mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaning vakolatli a’zosi vazifalarini bajarish.

  • Akademiya va Sug‘urta maktabi faoliyatiga strategik, tashkiliy va uslubiy rahbarlikni ta’minlash, shu jumladan sug‘urta sohasi xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, o‘quv-uslubiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish.

  • Fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish.

  • Xodimlarni boshqarish, o‘qitish yoki rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.

  • O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligini professional darajada bilish.

  • Yuridik bilimlarga, shu jumladan mehnat huquqi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish.

  • Xodimlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tajribasiga ega bo‘lish.

  • Xodimlar hujjatlarini yuritish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish sohasida chuqur bilimga ega bo‘lish.

  • Xodimlarni tanlash, baholash, attestatsiyadan o‘tkazish va kasbiy rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • Kadrlar zaxirasini shakllantirish va iqtidorli xodimlarni boshqarish (Talent Management) jarayonlarini tushunish.

  • Tashkiliy tuzilma va shtat jadvali bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.

  • O‘zbek va ingliz tillarini yaxshi bilish.

  • Yuqori darajadagi mas’uliyat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • Psixologiya sohasida bilimlarga va nizoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • HR-jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari, zamonaviy HR va IT texnologiyalarini bilish.

  • Zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish va ularni kasbiy faoliyatda amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Qo‘shimcha ustunliklar:
  • Yuridik ma’lumotga va ilmiy darajaga ega bo‘lish.

  • Mehnat huquqi va korporativ hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.

  • Sug‘urta sohasida yoki moliya sektorida ish tajribasiga ega bo‘lish.

  • Avvalgi ish joyida xodimlarni boshqarish (HR) sohasida salmoqli natijalarga erishgan bo‘lish.

Biz taklif qilamiz:
  • Barqaror, nufuzli va jadal rivojlanayotgan xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyati.

  • Professional va tajribali jamoada faoliyat yuritish.

  • Kasbiy va lavozim jihatidan rivojlanish imkoniyati.

  • Muntazam xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish va malaka oshirish imkoniyati.

  • Rasmiy ishga joylashtirish.

  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat sharoitlari.

  • Ish haqi 20 mln so‘mdan boshlab, qo‘shimcha ravishda mukofotlar va bonuslar to‘lanadi.

Метки

О компании «Национальная страховая компания Узбекинвест»

Национальная страховая компания "Узбекинвест" образована согласно Указу Президента Республики Узбекистан от 21.01.94 года и в соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 13.04.94 года № 206. Компания была преобразована в Национальную компанию экспортно-импортного страхования "Узбекинвест" в 1997 году. Учредителями Компании являются Министерство финансов Республики Узбекистан и Национальный банк внешнеэкономической деятельности Республики Узбекистан.

Сайт компании

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область национальная страховая компания узбекинвест Полная занятость Сменный график Не имеет значения Более 6 лет
bonus
Ташкент, Ташкентская область Национальная страховая компания Узбекинвест Полная занятость Полный день | 5/2 Более 6 лет
bonus