«Qibray City» TJM sotuv bo‘limiga Call-center operatori kerak!
Описание вакансии
Kompaniya: «Qibray City» turar-joy majmuasi (Sotuv ofisi)
Manzil: Qibray tumani markazi, «Qibray City» TJM (Zebuniso ko‘chasi, Qibray hokimiyati yonida)
Vazifangiz nimalardan iborat?
• Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va arizalarga (lidlar) tezkor javob berish;
• Mijozlarga «Qibray City» xonadonlari (kvadratura, narxlar, muddatli to‘lov/rassrochka shartlari) haqida to‘liq ma’lumot berish;
• Qiziqqan mijozlarni sotuv ofisiga uchrashuvga taklif qilish va CRM tizimida bazani yuritish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Yoshi: 18–30 yosh (qizlar);
• O‘zbek tilida ravon, chiroyli va ishonchli gapirish (rus tilini bilish katta ustunlik beradi);
• Xushmuomalalik, mijozni ishontira olish va muzokara olib borish qobiliyati;
• Sotuv yoki call-center sohasida tajriba bo‘lsa yaxshi (tajribasizlarga ham o‘zimiz o‘rgatamiz).
Biz taklif qilamiz:
• Yuqori daromad: Barqaror oylik maosh + ofisga kelib xonadon xarid qilgan mijozlar uchun yuqori bonuslar (KPI);
• Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha (6/1);
Murojaat uchun: TG: *