Вакансия закрыта

Sariosiyo BXM Mahalla tadbirkorlariga xizmat ko‘rsatish sho‘basi 1-toifali mutaxassisi

Узбекистан, Сариасийский район АКБ «Банк развития бизнеса» Полная занятость Полный день от 1 года до 3 лет

Описание вакансии


Xizmat vazifalari:

  • Mahalla imkoniyatlarini o‘rganish:

Biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni chuqur tahlil qilish va asosiy muammolarni aniqlash; Biriktirilgan mahallalar aholisi bilan muntazam muloqot o‘rnatish va ularning ishga bo‘lgan qiziqishi va imkoniyatlarini o‘rganish.

  • Biznes g‘oyalarni aniqlash va rivojlantirish: Biriktirilgan mahallalarda aholi tomonidan bildirilgan g‘oyalarni tahlil qilish va ularning amaliy imkoniyatlarini baholash; Aniqlangan g‘oyalarni biznes-loyihalarga aylantirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish; Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish va to‘ldirishda ko‘maklashish.
  • Moliyalashtirish jarayonlarida yordam berish Biriktirilgan mahallalarda aholini bank kreditlari va davlat subsidiyalari foydalanish tartiblari bilan tanishtirish; Kredit arizalarini to‘g‘ri va to‘liq tayyorlashda yordam ko‘rsatish; Kredit mablag‘larini maqsadli va samarali sarflash bo‘yicha maslahatlar berish.
  • Biznes ochishda amaliy yordam ko‘rsatish Biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma berish; Ro‘yxatdan o‘tish, litsenziyalar olish bo‘yicha maslahatlar berish; Bozorda sotish uchun kerakli mahsulotlar va xizmatlarni aniqlashda yordam berish.
  • Loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish Biriktirilgan mahallalarda loyihalarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish; Loyiha doirasida yuzaga kelgan muammolarni joyida hal qilishda ishtirok etish; Loyihaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va maslahat berish; Mahalliy hokimiyat, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish; Loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun bank xodimlari bilan hamkorlik qilish.
  • Hisobotlar: Bank va mahalliy hokimiyatga har oyda loyihalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etish; Biriktirilgan mahallalarda aholining muammolari va ehtiyojlari haqida tegishli tuzilmalarga ma’lumot berish.
  • Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish

Biriktirilgan mahallalarda aholi moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlar o‘tkazish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
    kamida 1 yillik bank sohasida ish tajribasiga ega bo'lishi;
  • Bank moliya iqtisodiyot sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini bilish;
  • O‘zbek va Rus tilini yaxshi bilish;
  • Kompyuter texnikasi va MS Office dasturlarining (xususan Word, Excel va PowerPoint) barcha imkoniyatlaridan bemalol foydalana olish;
  • Tahliliy ishlarni bajarishdagi ko‘nikmalar, axborot-tahlil materiallari va taqdimotlarni tayyorlash, muzokaralarni tashkil etish va o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Узбекистан, Сариасийский район АКБ «Банк развития бизнеса» Полная занятость Полный день | 5/2 от 1 года до 3 лет