Samarqanddagi eng yirik o‘quv markazlaridan biri jamoasiga mas’uliyatli va tartibli Administrator lavozimiga xodim qabul qilamiz. Agar siz tartibni yoqtirsangiz, hisob-kitobni puxta qiladigan, muammolarni tez hal ...
Adminstrator (Chelak shahrida)
Описание вакансии
компания "ноу samarqand tillar maktabi"
samarqanddagi eng yirik o‘quv markazlaridan biri jamoasiga mas’uliyatli va tartibli administrator lavozimiga xodim qabul qilamiz.
agar siz tartibni yoqtirsangiz, hisob-kitobni puxta qiladigan, muammolarni tez hal qiladigan va jamoada ishlashni biladigan inson bo‘lsangiz — sizni kutamiz!
asosiy vazifalar:
1) to‘lovlar bilan ishlash:
kunlik to‘lovlarni qabul qilish
to‘lovlarni nazorat qilish va hisobini yuritish
2) qarzdorlar bilan ishlash:
qarzdor o‘quvchilar/ota-onalar bilan yuzma-yuz muloqot qilish
telefon orqali eslatish va to‘lov jarayonini yopish
3) moliyaviy-texnik ishlar:
bank hisob raqamiga mablag‘ qo‘yish
elektr, gaz, suv, internet (wi-fi) uchun to‘lovlarni amalga oshirish
zarur tovarlar/jihozlarni buyurtma qilish va qabul qilib olish
4) xodimlar bilan hisob-kitob:
xodimlarga avans va oylik tarqatish
pul aylanishi bo‘yicha tartibni saqlash
5) xo‘jalik va tashkiliy ishlar:
texnik muammolarni hal qilish (yoki hal etishni tashkil qilish)
markazda umumiy tartib va ish jarayonini nazorat qilish
bizga kerak bo‘ladigan inson:
✅ tartibli va mas’uliyatli
✅ halol va ishonchli
✅ tezkor, muammo yechishga moyil
✅ muloqoti kuchli, qarzdorlar bilan gaplasha oladigan
✅ tizimli ishlashni biladigan (tartib-intizom muhim)
ish sharoiti va imkoniyatlar:
✅ karyeraviy o‘sish kafolatlanadi
✅ ish natijasiga qarab kpi asosida maosh muntazam oshib boradi
✅ maosh “bir joyda turib qolmaydi” — natijaga qarab o‘sadi
✅ kuchli jamoa va rivojlanayotgan tizim
❌ quyidagilar ishga qabul qilinmaydi:
1 yildan kam ishlashni rejalashtirganlar
tabiatan tartibsiz, sust, loqayd va dangasa insonlar
tizimga moslasha olmaydigan shaxslar