VAKANSIYA: SMM va Marketing bo‘yicha Project Manager (Loyiha menejeri)
Описание вакансии
VAKANSIYA: SMM va Marketing bo‘yicha Project Manager (Loyiha menejeri)
Bizning jamoamizga SMM va marketing loyihalarini tizimli boshqara oladigan, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan Project Manager kerak.
Asosiy vazifalar:
SMM va marketing jamoasi (kontent-meyker, kopirayter, dizayner, targetolog) ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Loyihalar bo‘yicha kontent-reja va marketing strategiyalarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash (dedlaynlarga rioya qilish).
Mijozlar yoki rahbariyat bilan doimiy aloqada bo‘lish, hisobotlar tayyorlash va natijalarni tahlil qilish.
Jamoa ichidagi vazifalarni taqsimlash.
Yangi g‘oyalar taklif qilish va loyihalar samaradorligini oshirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
SMM, digital-marketing yoki loyihalarni boshqarish sohasida kamida 1 yillik tajriba.
Jamoani boshqara olish, muzokaralar olib borish va muammoli vaziyatlarni tez hal qilish ko‘nikmasi.
O‘zbek tilida ravon yozish va gapirish (rus yoki ingliz tillarini bilish ustunlik beradi).
Zamonaviy SMM trendlari, kontent yaratish jarayonlari va reklama vositalaridan xabardorlik.
Biz taklif qilamiz:
Ahil va professional jamoa bilan ishlash imkoniyati.
Qulay ish sharoitlari (ofisda).
Ish grafigi: Dushanba – Shanba, 09:00 dan 18:00 gacha.
Barqaror maosh + KPI (natijaga qarab bonuslar).
Kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun sharoitlar.
Murojaat uchun:
O‘zingiz haqingizdagi ma’lumot (rezyume / CV) va bajargan loyihalaringiz (portfel) haqida quyidagi manzilga yuboring:
Telefon: *
Местоположение вакансии
Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область