Yuridik shaxslar anderraytingi boshqarmasida Universal anderrayter (bosh mutaxassis)
Описание вакансии
Talablar:
- oliy iqtisodiy ma’lumot (magistr darajasiga ustuvorlik beriladi);
- MS Office va boshqa elektron dasturlar hamda bankning ichki dasturlarida mukammal darajada ishlay olishi;
- bank tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi va samarali qo‘llay olishi;
- kamida 3 yillik ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishi (ingliz tilini bilishi ustunlikka ega).
Vazifalar:
- Yuridik shaxslarning kredit buyurtmalari va ular bo‘yicha mavjud hujjatlarni belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
- Elektron ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar tahliliga ko’ra, mijozga kredit ajratish xatarlini aniqlash va ularni kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
- Yuridik shaxslarning kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish jarayonida mijozlarning hujjatlarini ularning moliyaviy holati va pul oqimlari harakatini, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini, shuningdek, mijoz to‘g‘risida ichki va tashqi ma’lumotlarni to‘plagan holda, belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini va loyihalarning o‘zini o‘zi qoplashini tahlil qilish;
- Kredit buyurtmalariniing to‘laqonli tahlilini amalga oshirish, korxonaning kreditga layoqatliligini aniqlash, garovni o‘rganish;
- Kredit doirasida xarid qilinishi ko‘zda tutilgan uskunalar, jihozlarning va boshqa asosiy vositalarning texnik xususiyatlarini o‘rganish, loyihaning tahlilini amalga oshirish va natijasi yuzasidan yozma xulosa tayyorlash;
- Fikrlarni yozma va og‘zaki ravishda erkin va to‘g‘ri ifoda etish;
- Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.