Vazifalar: Приём и обработка входящих звонков; Консультирование потенциальных клиентов об услугах компании; Осуществление исходящих звонков; Приём обращений и запросов клиентов с последующим перенаправлением в ...
Call-markaz operatori / Sotuvchi-konsultant
Описание вакансии
VAKANSIYA: Call-markaz operatori va Sotuvchi-konsultantlar
Eslatma: Vakansiya haqida to'liq o'qib, hammasi ma'qul bo'lgan holda rezyume jo'nating, iltimos
Kompaniya haqida
Biz qurilish kompaniyalari uchun marketing va sotuv xizmatlarini ko'rsatamiz: lid jalb qilamiz, sotuv bo'limini quramiz va loyihalarni sotuvga olib chiqamiz. Hozir Toshkentdagi ikkita turar-joy loyihasi uchun sotuv jamoasini yig'yapmiz: biri Hasanboyda (Yunusobodga yaqin), ikkinchisi Sergelida. Ikki lavozimga xodim qabul qilamiz: call-markaz operatori va sotuvchi-konsultant.
Majburiyatlar
Call-markaz operatori:
- Kiruvchi lidlarga tez qo'ng'iroq qilish
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va loyihani taqdim etish
- Mijozni sotuv ofisi va qurilish maydoniga tashrifga taklif qilish
- Tashrifni tasdiqlash, kelmagan mijozlar bilan qayta ishlash
Sotuvchi-konsultant:
- Ofisga kelgan mijozlarni kutib olish va konsultatsiya berish
- Mos xonadon variantlarini taqdim etish, qurilish maydonini ko'rsatish
- E'tirozlarga javob berish, mijozni bron va shartnomagacha olib borish
- Hali qaror qilmagan mijozlar bilan qayta ishlash (dojim)
Ikkala lavozim uchun:
- CRM'ni to'liq va o'z vaqtida yuritish
Talablar
- Call-markaz operatori lavozimiga: operator bo'lib ishlagan tajriba shart
- Sotuvchi-konsultant lavozimiga: sotuvchi bo'lib ishlagan tajriba shart
- O'zbek tilida ravon gapirish
- Kommunikabellik, xushmuomalalik, stressga chidamlilik
- Intizomlilik va natijaga intilish
- Kompyuter va CRM bilan ishlay olish
Shartlar
Call-markaz operatori:
- Fix 3 000 000 so'm + har bir kelgan tashrif uchun 20 000–60 000 so'm bonus
- Belgilagan tashrifingiz sotuv bilan yakunlansa, har bir sotuvga qo'shimcha 100 000 - 200 000 so'm
- Natijali operatorlar oyiga 10 000 000 so'm va undan ko'p ishlaydi
- Ish joyi: Yakkasaroy tumanidagi ofis
- Ish grafigi: 09:00–18:00, 5/2. Shanba va yakshanba ish kuni, dam olish kunlari hafta ichida kelishilgan holda beriladi
Sotuvchi-konsultant:
- Fix 3 000 000 so'm + har bir sotuvga 250 000–650 000 so'm bonus
- Natijali menejerlar oyiga 15 000 000 so'mdan ko'p ishlaydi
- Katta menejer lavozimigacha o'sish imkoniyati
- Ish joyi: Hasanboy yoki Sergelidagi sotuv ofisi (o'zingizga qulayini tanlaysiz, ayni paytda ishni va obucheniyani Hasanboy ofisida boshlaysiz)
- Ish grafigi: 09:00–20:00, 5/2. Shanba va yakshanba ish kuni, dam olish kunlari hafta ichida kelishilgan holda beriladi
Ikkala lavozim uchun:
- Bonuslarga cheklov yo'q
- Oyning eng yaxshi xodimiga qo'shimcha 1 000 000 so'm
- Novostroyka sotuvi bo'yicha qisqa obucheniya, tayyor skriptlar va reglament
- Oylik o'z vaqtida to'lanadi
Rezyume yuborayotganda qaysi lavozimga topshirayotganingizni yozing. Sotuvchi-konsultant lavozimiga topshirsangiz, qaysi ofis sizga qulayligini ham yozing.

