Korporativ kredit portfeli monitoringi bo‘limi boshlig‘i (Sergeli filiali)

Ташкент, Ташкентская область infinbank Полная занятость Сменный график Более 6 лет Образование: Не имеет значения
Откликнуться на Careerist

Описание вакансии



компания "infinbank"

funksional vazifalar:
  • bo‘lim ishini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
  • korporativ mijozlar (qarz oluvchilar va kafillar) moliyaviy holati hamda to‘lov qobiliyatini muntazam tahlil qilish;
  • kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishini joyiga chiqqan holda vizual ko‘zdan kechirish va tegishli monitoring dalolatnomalarini rasmiylashtirish;
  • kredit yig‘majildlaridagi (dosye) hujjatlarning to‘liqligi, haqqoniyligi va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish hamda har chorakda kredit portfelini inventarizatsiya qilish.
  • garov mulklarining butligi, saqlanishi, sug‘urtalanishi va shartnoma shartlari bajarilishini har chorakda monitoring qilish;
  • qarz oluvchilar bilan kredit shartlarini o‘zgartirish yoki qarzni qaytarish mexanizmlari bo‘yicha muzokaralar olib borish va hujjatlarni filial kredit komissiyasiga kiritish.
nomzodga qo'yilgan talablar:
  • oliy iqtisodiy ma'lumot;
  • bank tizimida (kreditlash, kredit monitoringi yo‘nalishlarida) kamida 3–5 yillik tajriba, shundan kamida 1–2 yil rahbarlik lavozimida;
  • o‘zbekiston respublikasi markaziy bankining kreditlash, garov ta’minoti va ichki nazoratga oidme’yoriy hujjatlarini bilish;
  • korporativ mijozlarning moliyaviy hisobotlarinitahlil qilish va loyiha samaradorligini baholash ko‘nikmasi;
  • bank dasturiy ta’minotlari, ms office dasturlarida erkin ishlay olish;
  • tahliliy fikrlash, qat’iyatlilik, murakkab muzokaralar olib borish, jamoani boshqarish qobiliyati va yuqori mas’uliyat hissi;
imkoniyatlar:
  • barqaror oylik ish haqi va kpi ko‘rsatkichlariga asoslangan mukofot tizimi;
  • kasbiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyatlari;
  • zamonaviy ofis va ahil professional jamoa.

Вакансия опубликована: 20 Ноября 2026. Источник: Careerist. ID вакансии: #2092097

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область InFinBank Полная занятость Полный день | 5/2 Не имеет значения Более 6 лет