Sotuvchi qiz izlayapmiz

Навои, Навоийская область Удалённая работа
Откликнуться на OLX

Описание вакансии


Ayollar oyoq kiyimi do‘koniga sotuvchi kerak
Do‘konimizga faol, xushmuomala, kirishimli va kreativ sotuvchi qiz qidiramiz!

Bizga qanday xodim kerak?

Mijozlar bilan chiroyli muomala qila oladigan;
Faol, chaqqon va samimiy;
Savdoga qiziqadigan va yaxshi sotishni istaydigan;
Instagram Reels va videolarda qatnashishga qarshi bo‘lmagan;
Kreativ g‘oyalar va kulgili videolarda ishtirok etishni yoqtiradigan.

Video orqali ko‘proq daromad olish imkoniyati!

Agar siz videolarda qatnashishga qarshi bo‘lmasangiz, bu siz uchun katta imkoniyat! Savdo maoshingiz va bonuslaringizdan tashqari, videolardagi faolligingiz va kreativligingiz uchun ham qo‘shimcha rag‘bat olishingiz mumkin. Qanchalik faol va kreativ bo‘lsangiz, daromadingizni shunchalik oshirish imkoniyati bor!

Videoda qatnashish uchun tajriba shart emas! Kamera oldida o‘zingizni erkin tutishni hali bilmasangiz ham, xavotir olmang biz sizga o‘rgatamiz. Muhimi, qiziqish, xohish va ozgina kreativlik!

Biz taklif qilamiz:

2 500 000 – 6 000 000 so‘m va undan yuqori daromad imkoniyati;
Savdoga qarab yaxshi bonuslar;
Videolar va kreativlik uchun qo‘shimcha rag‘bat;
Har kuni bepul kofe (istalgancha);
Tushlik do‘kon hisobidan ;
Yaxshi jamoa va samimiy ish muhiti.

Agar siz yaxshi daromad topishni, o‘zingizni rivojlantirishni va zerikarli bo‘lmagan ishda ishlashni istasangiz bu ish aynan siz uchun!

Tajriba bo‘lmasa ham, o‘rganishga tayyor bo‘lsangiz, biz sizni kutamiz!

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Навои, Навоийская область

Метки

Вакансия опубликована: 10 Октября 2026. Источник: OLX. ID вакансии: #2092508

Работа в Навоийской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Навои, Навоийская область
Навои, Навоийская область Удалённая работа
bonus
Навои, Навоийская область Удалённая работа
bonus