Kotiba - yordamchi
Описание вакансии
📢 Ray Consulting kotiba-yordamchi izlamoqda!
Jamoamizga hujjatlar bilan ishlay oladigan, odamlar bilan tez til topishadigan va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradigan yordamchi kerak.
Sizdan kutamiz:
Rus va ingliz tillarida muloqot qila olish
Xatlar va ichki hujjatlarni savodli tayyorlash, fayllarni tartibli yuritish
Word, Excel, Google Docs va Google Sheets dasturlarida ishlay olish
Mas’uliyat, tashabbuskorlik va mehnatsevarlik
Xushmuomalalik, kirishimlilik va ozoda, ishbilarmon ko‘rinish
Asosiy vazifalar:
Rahbarning kunlik ish jadvali va uchrashuvlarini muvofiqlashtirish
Xatlar va hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxatga olish va tartiblash
Mehmonlarni kutib olish, qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob berish
Rahbar topshiriqlarining bajarilish muddatlarini kuzatib borish