Call-markaz operatori / Sotuvchi-konsultant

от 5 000 000 до 15 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область SHAVKATOVA SETORA JASUR QIZI Полная занятость Полный день от 1 года до 3 лет
Откликнуться на HeadHunter

Описание вакансии


VAKANSIYA: Call-markaz operatori va Sotuvchi-konsultantlar
Eslatma: Vakansiya haqida to'liq o'qib, hammasi ma'qul bo'lgan holda rezyume jo'nating, iltimos

Kompaniya haqida
Biz qurilish kompaniyalari uchun marketing va sotuv xizmatlarini ko'rsatamiz: lid jalb qilamiz, sotuv bo'limini quramiz va loyihalarni sotuvga olib chiqamiz. Hozir Toshkentdagi ikkita turar-joy loyihasi uchun sotuv jamoasini yig'yapmiz: biri Hasanboyda (Yunusobodga yaqin), ikkinchisi Sergelida. Ikki lavozimga xodim qabul qilamiz: call-markaz operatori va sotuvchi-konsultant.

Majburiyatlar

Call-markaz operatori:

  • Kiruvchi lidlarga tez qo'ng'iroq qilish
  • Mijoz ehtiyojini aniqlash va loyihani taqdim etish
  • Mijozni sotuv ofisi va qurilish maydoniga tashrifga taklif qilish
  • Tashrifni tasdiqlash, kelmagan mijozlar bilan qayta ishlash

Sotuvchi-konsultant:

  • Ofisga kelgan mijozlarni kutib olish va konsultatsiya berish
  • Mos xonadon variantlarini taqdim etish, qurilish maydonini ko'rsatish
  • E'tirozlarga javob berish, mijozni bron va shartnomagacha olib borish
  • Hali qaror qilmagan mijozlar bilan qayta ishlash (dojim)

Ikkala lavozim uchun:

  • CRM'ni to'liq va o'z vaqtida yuritish

Talablar

  • Call-markaz operatori lavozimiga: operator bo'lib ishlagan tajriba shart
  • Sotuvchi-konsultant lavozimiga: sotuvchi bo'lib ishlagan tajriba shart
  • O'zbek tilida ravon gapirish
  • Kommunikabellik, xushmuomalalik, stressga chidamlilik
  • Intizomlilik va natijaga intilish
  • Kompyuter va CRM bilan ishlay olish

Shartlar

Call-markaz operatori:

  • Fix 3 000 000 so'm + har bir kelgan tashrif uchun 20 000–60 000 so'm bonus
  • Belgilagan tashrifingiz sotuv bilan yakunlansa, har bir sotuvga qo'shimcha 100 000 - 200 000 so'm
  • Natijali operatorlar oyiga 10 000 000 so'm va undan ko'p ishlaydi
  • Ish joyi: Yakkasaroy tumanidagi ofis
  • Ish grafigi: 09:00–18:00, 5/2. Shanba va yakshanba ish kuni, dam olish kunlari hafta ichida kelishilgan holda beriladi

Sotuvchi-konsultant:

  • Fix 3 000 000 so'm + har bir sotuvga 250 000–650 000 so'm bonus
  • Natijali menejerlar oyiga 15 000 000 so'mdan ko'p ishlaydi
  • Katta menejer lavozimigacha o'sish imkoniyati
  • Ish joyi: Hasanboy yoki Sergelidagi sotuv ofisi (o'zingizga qulayini tanlaysiz, ayni paytda ishni va obucheniyani Hasanboy ofisida boshlaysiz)
  • Ish grafigi: 09:00–20:00, 5/2. Shanba va yakshanba ish kuni, dam olish kunlari hafta ichida kelishilgan holda beriladi

Ikkala lavozim uchun:

  • Bonuslarga cheklov yo'q
  • Oyning eng yaxshi xodimiga qo'shimcha 1 000 000 so'm
  • Novostroyka sotuvi bo'yicha qisqa obucheniya, tayyor skriptlar va reglament
  • Oylik o'z vaqtida to'lanadi

Rezyume yuborayotganda qaysi lavozimga topshirayotganingizni yozing. Sotuvchi-konsultant lavozimiga topshirsangiz, qaysi ofis sizga qulayligini ham yozing.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область

Метки

Вакансия опубликована: 21 Ноября 2026. Источник: HeadHunter. ID вакансии: #2093955

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область DRONE SERVICE Полная занятость Гибкий график | 6/1 от 1 года до 3 лет
официальное трудоустройствознание английского языка
Call-markaz operatori (ofisda)
от 10 000 000 до 20 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область ECO TORG (VitaCall) Полная занятость Сменный график | 2/2 Без опыта работы
Ташкент, Ташкентская область dreamlife Полная занятость Сменный график Не имеет значения Без опыта работы
Call-markaz operatori
от 4 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область TURAKHODJAEVA KHONZODA ALISHER QIZI Полная занятость Гибкий график | 6/1,Другое Без опыта работы
Ташкент, Ташкентская область Оператор колл-центра Полная занятость Полный день Без опыта работы

Подождите идет загрузка...