HR mutaxassisi

от 8 000 000 до 15 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область YATT SHUHRATOV ZIKRILLO BAHODIR O‘G‘LI Полная занятость Гибкий график от 1 года до 3 лет
Откликнуться на HeadHunter

Описание вакансии


Kompaniya haqida

Zikrilla Marinade — Toshkent shahrida filiallar tarmog'iga ega oziq-ovqat chakana savdo kompaniyasi. Kompaniya faoliyatini izchil kengaytirmoqda. Shu munosabat bilan HR mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.

Kompaniyada xodimlar KPI tizimi, lavozim yo'riqnomalari va ichki standartlar joriy etilgan. Tanlangan mutaxassis tayyor tizim asosida faoliyat yuritadi va uni yanada rivojlantirishda ishtirok etadi.

Lavozim majburiyatlari:

  • Filiallar uchun xodimlarni yollash: sotuvchi, kassir, filial rahbari va boshqa lavozimlarga vakansiya joylash, rezyumelarni saralash va suhbatlar o'tkazish
  • Ommaviy yollashni tashkil etish va bo'sh ish o'rinlarini o'z vaqtida yopish
  • Yangi xodimlarni ishga moslashtirish (onboarding) va o'qitishni tashkil etish
  • Kadrlar ish yuritishi: ishga qabul qilish va bo'shatish, buyruqlar, mehnat shartnomalari, ta'tillar, shaxsiy yig'majildlar
  • Ish vaqti hisobini (tabel) nazorat qilish va ish haqi hisob-kitobi uchun ma'lumotlarni tayyorlash
  • Xodimlar KPI tizimini yuritish va natijalar bo'yicha rahbariyatga muntazam hisobot berish
  • Kadrlar qo'nimsizligini tahlil qilish va uni kamaytirish choralarini taklif etish
  • Mehnat qonunchiligi va kompaniyaning ichki standartlariga rioya etilishini ta'minlash

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • HR sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Ommaviy yollash tajribasi
  • Kadrlar ish yuritishi bo'yicha amaliy tajriba
  • Yangi xodimlarni moslashtirish va o'qitish tajribasi
  • MS Excel, Word, 1C (ZUP / kadrlar), Google Sheets / Forms dasturlarida ishlash
  • Telegram va ish e'lonlari kanallari orqali vakansiya tarqatish ko'nikmasi
  • O'zbek va rus tillarini bilish
  • Mas'uliyatlilik, tashkilotchilik, muloqot va muzokara ko'nikmalari, stressga chidamlilik
  • Filiallarga qatnab turishga tayyorlik

Afzallik hisoblanadi:

  • Chakana savdo sohasidagi tajriba
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini bilish
  • Ishda sun'iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish

Ish sharoitlari:

  • Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
  • Oylik ish haqi: 8 000 000 – 15 000 000 so'm (suhbat natijalariga ko'ra belgilanadi)
  • Ish grafigi: 6/1, soat 10:00 dan 19:00 gacha
  • Bepul tushlik
  • Kompaniya mahsulotlariga xodimlar uchun chegirma
  • Kasbiy rivojlanish va lavozim bo'yicha o'sish imkoniyati

Ariza topshirish tartibi:

  • hh.uz platformasida "Откликнуться" tugmasi orqali
  • Telegram orqali: @zak1rov1ch — xabarda "HR mutaxassisi" lavozimini ko'rsating

Talablarga mos keluvchi nomzodlar bilan suhbat o'tkazish uchun bog'laniladi.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область

Вакансия опубликована: 11 Ноября 2026. Источник: HeadHunter. ID вакансии: #2097459

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область Xalq Banki Полная занятость Полный день | 5/2 от 1 года до 3 лет
Ташкент, Ташкентская область umnichka kids Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года
Ташкент, Ташкентская область Orient Finans Bank Полная занятость Полный день | 5/2 от 1 года до 3 лет
bonus
Ташкент, Ташкентская область pro trading Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года
Call Center (savdo mutaxassisi)
от 4 000 000 до 5 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область TURK IMPLANT (тм NucleOSS) Полная занятость Гибкий график | 6/1 от 1 года до 3 лет

Подождите идет загрузка...