Rekrutyor (Xodimlarni tanlash boyicha mutaxassis)

от 3 000 000 до 4 500 000 so'm
Бухара, Бухарская область‎, улица Мустакиллик, 34/1 AIRAN GROUP Полная занятость Гибкий график от 1 года до 3 лет
Откликнуться на HeadHunter

Описание вакансии


Vazifalar:
  • Vakansiyalar bo'yicha e'lonlarni ish qidirish saytlariga (hh.uz, Telegram kanallar va h.k.) joylashtirish va yangilab borish;

  • Kelib tushgan rezyumelarni ko'rib chiqish va nomzodlar bilan dastlabki telefon orqali suhbatlar o'tkazish;

  • Nomzodlarni professional kompetensiyalari va korporativ madaniyatimizga mosligini baholash uchun intervyularni tashkil etish;

  • Ishga qabul qilish jarayonini to'liq muvofiqlashtirish va rahbariyatga nomzodlar bo'yicha hisobotlar berish;

  • Yangi xodimlarning moslashish (adaptatsiya) jarayonini kuzatib borish va qo'llab-quvvatlash.

Talablar:
  • Ish tajribasi: Xuddi shu yo'nalishda (rekruting yoki HR sohasida) 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi;

  • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;

  • O‘zbek va rus tillarida erkin va ravon muloqot qila olish (ingliz tilini bilish qo'shimcha ustunlik beradi);

  • Insonlar bilan tez til topisha olish, xushmuomalalik va mas'uliyatlilik;

  • Kompyuter dasturlaridan (MS Office, Google Workspace, Telegram va ijtimoiy tarmoqlar) erkin foydalana olish.

Biz taklif qilamiz:

  • Ish vaqti: Dushanba – shanba, soat 9:00 dan 18:00 gacha;

  • Barqaror oylik maosh:3 000 000 – 4 500 000 so'm (suhbat natijasiga ko'ra malakangizga qarab belgilanadi);

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;

  • Tarmoq ichida kasbiy va karyeraviy o'sish imkoniyatlari;

  • Ahil, yosh va dinamik jamoa.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Бухара, Бухарская область‎, улица Мустакиллик, 34/1

Вакансия опубликована: 10 Ноября 2026. Источник: HeadHunter. ID вакансии: #2097944

Работа в Бухарской области‎