Vazifalar: Manage and oversee all daily accounting operations, general ledger, accounts payable/receivable, and payroll. Handle cost accounting, raw material tracking (cotton/yarn/fabric), inventory valuation, and ...
Buxgalter
Описание вакансии
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Yosh chegarasi: 20-35 yoshgacha
Buxgalteriya sohasida kamida 1–3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (ko‘proq ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi).
my.soliq.uz, didox.uz hamda boshqa tegishli soliq va elektron hujjat aylanishi platformalarida mustaqil va to‘liq ishlay olishi.
Import-eksport operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarni mustaqil tayyorlash, rasmiylashtirish va tegishli jarayonlarni amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
EISVO bojxona tizimida ishlashni bilishi.
Kadrlar hisobini yuritish va mehnat munosabatlariga oid hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi.
new.birdarcha.uz platformasi bilan ishlash tartibidan xabardor bo‘lishi.
Berilgan vazifalarni mustaqil, mas’uliyat bilan va belgilangan muddatlarda bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
Qo‘shimcha ustunliklar:
1C Buxgalteriya dasturida ishlash tajribasi;
Soliq hisobotlarini mustaqil tayyorlash va topshirish;
QQS, foyda solig‘i, JShDS va boshqa soliqlar hisob-kitobini yuritish tajribasi.

