Видеограф / Оператор

от 10 000 000 до 15 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область “YATT NURIDDIN MUSTAFOYEV NAJMIDDIN O’G’LI” (Keep marketing) Полная занятость Гибкий график от 1 года до 3 лет
Откликнуться на HeadHunter

Описание вакансии


Keep Marketing — bizneslarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi zamonaviy marketing agentligi. Biz SMM, brending va marketing strategiyalarini ishlab chiqamiz hamda kompaniyalar uchun natijaga yo'naltirilgan kontent yaratamiz.

Hozirda jamoamizga kreativ fikrlaydigan, vizual didi kuchli va zamonaviy trendlarni kuzatib boradigan Videograf / Operator qidirmoqdamiz.

Sizning asosiy vazifalaringiz

  • Mijozlar uchun foto va video kontentni suratga olish;

  • Instagram Reels, Stories va TikTok formatidagi qisqa videolarni tayyorlash;

  • YouTube uchun Long va Shorts videolarni suratga olish;

  • SMM menejer va PR manejer bilan birgalikda kontent rejasini amalga oshirish;

  • Kreativ g'oyalarni taklif qilish va kontent sifatini doimiy ravishda oshirish;

  • Video va audio materiallarni professional darajada olish;

  • Suratga olish jarayonini mustaqil tashkil etish va sifat nazoratini ta'minlash.

Sizdan kutamiz

  • Videograf / Operator sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi;

  • Adobe Premiere Pro, After Effects va DaVinci Resolve dasturlarida erkin ishlash;

  • Kadr kompozitsiyasi, rakurs, yorug'lik va ranglar bilan ishlashni yaxshi tushunish;

  • Kamera va suratga olish uskunalari bilan ishlash tajribasi;

  • ChatGPT va boshqa AI vositalaridan ish jarayonida foydalana olish;

  • Kreativ fikrlash, mas'uliyat va tafsilotlarga e'tibor;

Biz nimani taklif qilamiz

  • Raqobatbardosh ish haqi (suhbat jarayonida muhokama qilinadi);

  • Turli biznes yo'nalishlari uchun kreativ loyihalar ustida ishlash;

  • Professional texnika va zamonaviy ish muhiti;

  • O'z g'oyalaringizni amalga oshirish va ijodiy erkinlik;

  • Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi imkoniyati;

  • Kuchli marketing jamoasi bilan ishlash;

  • Ish formati — oflayn;

  • Ish grafigi — 6/1, 10:00–19:00;

  • Ofis — Toshkent shahri, Minor metro bekati yaqinida.

Nega aynan Keep Marketing?

Biz kontentni shunchaki suratga olmaymiz — biz bizneslarga natija olib keladigan videolar yaratamiz. Siz turli loyihalar, brendlar va formatlar bilan ishlaysiz, yangi g'oyalarni sinab ko'rasiz va portfoliongizni kuchli кейсlar bilan boyitasiz.

Agar siz videografiya /operator shunchaki kasb emas, balki ijod deb bilsangiz hamda har bir videoni yuqori sifatda yaratishga intilsangiz, rezyumeyingiz va portfoliongizni bizga yuboring. Biz siz bilan tanishishni kutamiz.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область

Вакансия опубликована: 03 Ноября 2026. Источник: HeadHunter. ID вакансии: #2099986

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область mirzaeyeva leyla xojimurod qizi Частичная занятость Гибкий график Не имеет значения до 1 года
без опыта работы
Ташкент, Ташкентская область YATT MIRZAYEVA LEYLA XOJIMUROD QIZI Частичная занятость Гибкий график | Другое от 1 года до 3 лет
без опыта работы
Ташкент, Ташкентская область Частичная занятость Гибкий график от 1 года до 3 лет
обучениебонусы
Ташкент, Ташкентская область sfera media Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года
стажировка
Ташкент, Ташкентская область ugnis Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года

Подождите идет загрузка...