Вакансия закрыта

Boshlangich Talim Metodisti

от 10 000 000 до 15 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область, улица Шокирарык, 26 MUDARRIS AKADEMIYA Полная занятость Гибкий график Более 6 лет

Описание вакансии


Vazifalar:
  • Boshlang'ich ta'lim bo'yicha akademik yo'nalish faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'lim sifatini ta'minlash;

  • Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarini kuzatish, tahlil qilish va ularga konstruktiv feedback berish;

  • Fanlar kesimida zamonaviy o'quv dasturlari, yillik rejalar va baholash mezonlarini joriy etish;

  • O'quvchilarning bilim darajasini aniqlash, oylik monitoring testlarini ishlab chiqish va natijalarni tahlil qilish;

  • Kichik yoshdagi o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o'qitish metodikasini takomillashtirish va o'qituvchilarga metodik yordam ko'rsatish;

Talablar:
  • Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik pedagogik va amaliy tajriba;

  • Boshlang'ich sinf o'qitish metodikasi va zamonaviy yondashuvlarni mukammal bilish;

  • O'qituvchilar uchun dars rejalari, dasturlar tuza olish va ularning faoliyatini nazorat qilish ko'nikmasi;

  • Kuchli muloqot, jamoada ishlash va o'qituvchilarni boshqarish/yo'naltirish qobiliyati;

  • Mutaxassislik bo'yicha qo'shimcha sertifikatlar yoki ilg'or tajribalarga ega bo'lish afzallik beradi.

Shartlar:
  • Barqaror va o'z vaqtida beriladigan yuqori oylik maosh;

  • Ahil, professional va qadriyatli jamoa;

  • Kasbiy rivojlanish va o'sish imkoniyatlari;

  • Zamonaviy va qulay ta'lim muhiti;

  • Bepul va mazzali tushlik;

  • Yaqin oila a'zolaringiz uchun Mudarris loyihalarida chegirmalar.

О компании «MUDARRIS AKADEMIYA»

Mudarris Xalqaro Maktabi - ta'limni tarbiya asosida beruvchi maktab bo'lib, Mudarris so'zi o'qituvchi va dars beruvchi ma'nosini anglatadi. Shu sababli, bu nom ilm, tarbiya va xalqaro yondashuvni ifodalaydi. Mudarris Xalqaro Maktabi 2022-yil sentyabr oyida 86 nafar o'quvchi bilan ilk faoliyatini boshlagan. Hozirda maktabning 4 ta filiali mavjud (Sergili filiali, Qo'yliq filiali, Katta Qa'ni va Vatan filiallari). Maktabimizda ingliz tili, matematika va AyTi fanlari chuqur o'rgatiladi. O'quvchilar maktabda CEFR, IELTS, AT-Tanal va SAT kabi xalqaro sertifikatlarga tayyorlanadi.

Bizning maktabimizda tarbiya asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib, u alohida fan sifatida o'quv dasturiga kiritilgan. Tarbiya darslari orqali o'quvchilarga ezgulik, hurmat va insoniy qadriyatlar singdiriladi. Bundan tashqari maktabda o'quvchilarni kitob o'qish odatini shakllantirishga ham urg'u beriladi. Mudarris jamoasida hozirda 200+ oshiq jamoa a'zolari ishlab, ta'limda o'z xissalarini qo'shishmoqda

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Ташкент, Ташкентская область mudarris akademiya Полная занятость Сменный график Не имеет значения Более 6 лет
Ташкент, Ташкентская область mudarris akademiya Полная занятость Сменный график Не имеет значения до 1 года