Injener-texnolog JBI (temir-beton buyumlari, laboratoriya)
от 6 500 000 до 8 000 000 so'm
Описание вакансии
О компании
STONMAX — Qo'qonda 12 yildan beri TBB (temir-beton buyumlari) va suyuq beton ishlab chiqaradigan zavod.
Обязанности
- Beton qorishmalari, sement va inert materiallar retsepturalarini hisoblash
- Kimyoviy qo'shimchalarni sinash, tanlash va to'g'ri dozalash
- Nuqson va brak sabablarini tahlil qilish
- Zavod laboratoriyasi ishini nazorat qilish: kiruvchi xomashyoni tekshirish, nazorat kubiklarini tayyorlash va pressda sinash jarayonlarini boshqarish
- Qoliplash va bug'lash (parlash) kamerasidagi talablarga rioya etilishini ta'minlash
- Kamida 3 yillik ish tajribasi
- Oliy texnik ma'lumot (qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish yo'nalishi), kasbiy malaka oshirish kurslari
- Beton tarkibini GOST talablari bo'yicha mustaqil hisoblash metodikasini chuqur bilish
- Xomashyo va kimyoviy qo'shimchalarni bilish, laboratoriya sinovlari va ularning statistik qayta ishlanishi
- Qoliplash va bug'lash rejimini nazorat qilish tajribasi
- O'zDSt, ShNK, GOST hujjatlari bilan ishlash tajribasi
- Mas'uliyatni zimmasiga olish, stressga chidamlilik, vaqt va ustuvorliklarni boshqarish, jamoani boshqarish va o'rgatish, o'rganishga ochiqlik
- Maosh: sinov muddatida 6 500 000 so'm, sinovdan keyin 8 000 000 so'm (qo'lga)
- Sinov muddati: 2 oy
- Ish grafigi: 6/1, Dushanbadan Shanbagacha (yakshanba dam)
- Ish vaqti: 08:00–18:00
- Ish joyi: Qo'qon sh., Aeroport yaqinida
О компании «JELEZOBETONNOE STROY PROIZVODSTVO»

«STONMAX» — қурилиш материаллари ишлаб чиқаришга ихтисослашган компания. Корхонамиз темир-бетон буюмлари (ТББ/ЖБИ), товар бетон, қуруқ қурилиш аралашмалари, шлакоблок, алебастр ва қурилиш соҳаси учун бошқа турдаги маҳсулотларни ишлаб чиқаради.
Биз бошқарувнинг замонавий ёндашувларини ривожлантирмоқдамиз, жамоамизни тажрибали мутахассислар билан кучайтирмоқдамиз ҳамда юқори сифат, самарадорлик ва узоқ муддатли ривожланишга йўналтирилган мустаҳкам тизимни барпо этмоқдамиз.