Coffee Lady (Kofe va ichimliklar tayyorlash xodimi)
Описание вакансии
Vazifalari:
Kompaniya rahbariyati, xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun kofe, choy va boshqa ichimliklarni tayyorlash hamda taqdim etish;
Muzokara xonalari va yig‘ilishlar uchun ichimliklar hamda zarur anjomlarni oldindan tayyorlash;
Mehmonlarni kutib olish va ularga xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish;
Ichimliklar tayyorlanadigan hudud, oshxona va muzokara xonalarida tozalik hamda tartibni saqlash;
Kofe, choy, shakar, ichimlik suvi va boshqa zarur mahsulotlar zaxirasini nazorat qilish;
Zarur mahsulotlar tugashidan oldin mas’ul xodimga xabar berish;
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish.
Ozoda va saranjom tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish;
Xushmuomala, samimiy va kirishimli bo‘lish;
Mas’uliyatli, intizomli va punktual bo‘lish;
Tozalik va tartibga rioya qilish;
Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
Shu yo‘nalishda ish tajribasiga ega bo‘lish ustunlik beradi.
- Ingliz va rus (xorijiy ) tillarni bilishi ustunlik beradi
Kompaniya tomonidan taklif etiladi:
Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi;
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash imkoniyati;
Qulay mehnat sharoitlari;
Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.
Bir mahal issiq ovqat.
Qatnash uchun jamoat transporti.