Ish boshqaruvchi ishga qabul qilamiz
Описание вакансии
ISSIQXONAGA ISH BOSHQARUVCHI KERAK!
Issiqxonada ish jarayonini tashkil qila oladigan, xodimlarni boshqaradigan va zarur paytda o‘zi ham amaliy ishga qo‘shila oladigan mas’uliyatli mutaxassisni ishga taklif qilamiz.
Vazifalar:
• Issiqxonadagi kundalik ishlarni rejalashtirish va tashkil qilish.
• Xodimlarga vazifalarni taqsimlash, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
• Ekinlarni parvarishlash, sug‘orish va boshqa agrotexnik ishlarning belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlash.
• Zarur hollarda jamoa bilan birga amaliy ishlarni bajarish.
• Xodimlarning davomatini va ishlagan vaqtini hisobga olish, ish vaqti tabelini yuritish hamda o‘z vaqtida topshirish.
• Mehnat intizomi, xavfsizlik va tozalikka rioya etilishini nazorat qilish.
• Kerakli material va ish qurollariga ehtiyojni oldindan aniqlash.
• Bajarilgan ishlar va yuzaga kelgan muammolar haqida rahbariyatga hisobot berish.
Talablar:
• Issiqxona sohasida amaliy ish tajribasi bo‘lishi shart.
• Yosh: 30–45 yosh.
• Xodimlarni boshqarish, vazifalarni aniq tushuntirish va natijani talab qila olish.
• Issiqxonadagi parvarishlash jarayonlarini tushunish.
• Tabel yuritish va oddiy hisobotlarni tayyorlay olish.
• Ishga mas’uliyat bilan yondashish, tartiblilik va halollik.
• Tashabbuskorlik, muammolarni vaqtida hal qilish va jamoa bilan ishlay olish.
• Zarur paytda o‘zi ham ishga qo‘shilib, xodimlarga amaliy namuna bo‘la olish.
Ish sharoitlari:
Ish vaqti: 08:00–17:00.
Tushlik korxona hisobidan.
Oylik maoshi — suhbat asosida kelishiladi.
Murojaat qilganda qaysi issiqxonada ishlaganingiz, ish tajribangiz va nechta xodimni boshqarganingiz haqida ma’lumot bering.
Местоположение вакансии
Местоположение вакансии
Пскент