Qashqadaryo viloyati “Kichik biznesga ko’maklashish markazi” MCHJ direktori

Узбекистан, город областного подчинения Карши АКБ «Банк развития бизнеса» Полная занятость Полный день от 3 до 6 лет
Откликнуться на HeadHunter

Описание вакансии


Qashqadaryo viloyati “Kichik biznesga ko’maklashish markazi” MCHJda direktor lavozimida faoliyat yuritadi. Jamiyat kuzatuv kengashi oldida hisobdor hisoblanadi.

Vazifalar:

Direktor jamiyatning kundalik faoliyati boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda rahbarlikni amalga oshiradi:

kichik tadbirkorlik subyektlari uchun biznes loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni ishga tushirish, mahsulot va xizmatlar sotuv bozorlarini kengaytirish, xususiy investitsiya sheriklarini jalb etish, biznes-rejalar hamda texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, shuningdek, biznesni tashkil etish va samarali yuritish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar boʻyicha amaliy oʻquv va konsalting kurslarini tashkil etish;

markaz xodimlarining tasdiqlangan ish rejalari va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini muntazam monitoring qilish, natijalarni tahlil qilish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rish;

Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tegishli davlat organlari, tijorat banklari, biznes subyektlari, ta’lim muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

kichik biznes subyektlari bilan birgalikda yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan biznes loyihalarni ishlab chiqish yoki tayyor biznes rejalarni loyiha tashabbuskorlariga taqdim qilish;

tashabbuskorlarning biznes strategiyasini ishlab chiqishda, bozorga chiqishda, reklama qilishda hamda tashabbuskorlarga salohiyatli mijozlar, hamkorlar va investorlar bilan hamkorlik qilish;

loyiha tashabbuskorlarini yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish;

o‘sish va rivojlanish salohiyatiga ega tadbirkorlar faoliyatiga ko‘mak berish va hamrohlik qilish jarayonida markaziy ekspertlar guruhi, mentorlar yoki yetakchi tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha ehtiyojni aniqlash, tegishli murojaatlarni CRM orqali rasmiylashtirish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtirish;

tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida oʻsish va rivojlanish salohiyatiga ega tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish orqali ularni individual yondashuv asosida oʻstirish;

kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish va yuritish borasida kompleks konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish;

biznes strategiyasini ishlab chiqish, bozorga chiqish, xorijiy va mahalliy brendlar bilan bogʻlanishga va yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish;

yangi biznes loyihalarini ishlab chiqish maqsadida ijtimoiy soʻrovlar tashkil qilish, tadbirkorlikka oid maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tadbirkorlarga taqdim qilish.

Jamiyat xodimlariga ularning lavozim vazifalari, funksional majburiyatlari, xizmat ko‘rsatish tartibi va ichki ish jarayonlari bo‘yicha zarur tushuntirishlar berish hamda xizmat vazifalarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish;

Jamiyat faoliyati va ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari, BRB filiallari, hamkor tashkilotlar hamda boshqa manfaatdor tomonlarni xabardor qilish ishlarini tashkil etish. Shu jumladan, uchrashuvlar, taqdimotlar, e’lonlar va axborot materiallari orqali Markaz xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini keng yoritib borish;

jamiyatga tashrif buyurgan hamda bank mahsulotlari va xizmatlariga ehtiyoji aniqlangan potensial mijozlarni Biznesni rivojlantirish bankining tegishli BXO va BXMlariga yo‘naltirish va natijalarni kuzatib borish;

markazning daromad va xarajatlari (P&L) uchun asosiy mas'uliyatni zimmasiga olishi lozim.

Kengash va Umumiy yigʻilishi tomonidan zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarish.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, marketing, menejment);

Kamida 3 yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo’lishi lozim;

Tadbirkorlik koʻnikmalariga ega boʻlishi, biznes jarayonlarini tashkil etish va rivojlantirish, yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda markaz faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish qobiliyatiga ega boʻlishi.

Yuqori darajadagi muloqot va muzokaralar olib borish koʻnikmalari, nizoli vaziyatlarni yumshatish (konfliktlarni boshqarish), jamoada samarali ish tashkil etish hamda hamkorlar bilan uzoq muddatli ishchanlik munosabatlarini oʻrnatish qobiliyati

biznesni rivojlantirish, savdo qilish va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish (networking) ko‘nikmalarini ham yaxshi egallagan bo‘lishi kerak;

MS Office va boshqa amaliy dasturlarda ishlash bo‘yicha yuqori ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

O‘zbek mukammal bilish, rus va ingliz tillarida — ham yozma, ham og‘zaki nutqda erkin muloqot qila olish (ustunlik beriladi);

Ma’lumotlarni tahlil qilishda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari.

Ish sharoiti:

To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);

Ish joyi Qashqadaryo viloyati Kichik biznesga ko’maklashish markazi MCHJ idorasida;

Kelishilgan haq.

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Узбекистан, город областного подчинения Карши

Вакансия опубликована: Позавчера. Источник: HeadHunter. ID вакансии: #2104621