Azia Med Sampidagi aptekaga Farmatsevt qiz kerak
Описание вакансии
Sampi Aziamed dorixonasiga chaqqon, mas’uliyatli va xushmuomala farmatsevt qiz ishga taklif qilinadi!
Ish dorixonaning o‘zida (kelib ishlanadi), asosiy yo‘nalish — online mijozlar bilan ishlash va savdoni yuritish.
Asosiy vazifalar:
• Dorixonada bo‘lgan holda Instagram, Telegram va Telegram bot orqali kelgan murojaatlarni tezkor qabul qilish;
• Mijozlarga dorilar bo‘yicha to‘g‘ri maslahat berish va online buyurtmalarni rasmiylashtirib sotish.
Biz taklif qilamiz:
• Barqaror oylik maosh + har bir sotuvdan yuqori foiz (%);
• Qo‘shimcha ravishda dorixonamizning brend yuzi (brand face) bo‘lish va ijtimoiy tarmoqlarda video/foto kontentlarda chiqish imkoniyati (alohida rag‘batlantiriladi);
• Shinam dorixona va ahil jamoa.
Talablar:
• Farmatsevtika yo‘nalishida bilim yoki tajribaga ega bo‘lishi;
• Dorilar va ularning qo‘llanilishini yaxshi bilishi;
• Xushmuomala, mijozni ishontira oladigan va savdo qobiliyatiga ega bo‘lishi (o‘zbek va rus tillarini bilishi ustunlik beradi).
Местоположение вакансии
Местоположение вакансии
Ташкент, Ташкентская область