Elektrosamokatlar uchun haydovchi-ekspeditor YOTO | JOB
Описание вакансии
YOTO kompaniyasi elektrosamokatlar va akkumulyatorlar bilan ishlash uchun mas’uliyatli haydovchi-ekspeditorni jamoaga taklif qiladi.
Vazifalar:
Shahar bo’ylab xizmat topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish;
Elektrosamokatlarda akkumulyatorlarni almashtirish;
Elektrosamokatlar va akkumulyatorlarni servis markaziga olib borish;
Elektrosamokat va akkumulyatorlarni yuklash hamda tushirish;
Belgilangan marshrut bo’yicha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish;
Xizmat avtomobili va kompaniya mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish.
Talablar:
Yoshi: 23–40 yosh;
Haydovchilik tajribasi: kamida 5 yil;
Shaharni yaxshi bilishi;
Mas’uliyatli, intizomli va punktual bo’lishi;
Faol ishlashga tayyor bo’lishi;
Damas yoki Changan avtomobillarini boshqarish tajribasi ustunlik beradi.
Biz taklif qilamiz:
Ish jadvali: 3 ish kuni / 1 dam olish kuni;
Kunduzgi smena: 09:00–19:00;
Tungi smena: 21:00–07:00;
Xizmat avtomobili kompaniya tomonidan taqdim etiladi;
Barqaror ish haqi: oylik + bonuslar;
Tushlik kompaniya hisobidan;
Ish haqi oyiga 2 marta to’lanadi.
Ish joyi: Toshkent shahri.
Qanday murojaat qilish mumkin:
Telegram’dagi * orqali anketani to‘ldiring yoki * chatiga yozing.