Обязанности: Поиск и привлечение сотрудников в компанию Проведение первичного собеседования Управление персоналом в адаптации Требования: Опыт работы не менее 1 года в качестве HR Условия: Стабильная заработная ...
HR Director (HRD)
Описание вакансии
Barchasi aniq va to'liq yozilgan, o'qib chiqib keyin a'loqaga chiqing...!
Erkak kishi kerak!
Vazifalar:
— 800+ xodimga ega kompaniyada HR jarayonlarini boshqarish va takomillashtirish.
— Dorixonalar tarmog‘i xodimlari va farmatsevtika yo‘nalishlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish.
— Xodimlar va filial rahbarlari, bo'lim rahbarlari bilan ishlash, o‘rtasidagi nizolar, shikoyatlar va muammoli vaziyatlarni hal qilish.
— Xodimlarni ishga qabul qilish, moslashtirish, baholash, rivojlantirish va kompaniyada ushlab qolish jarayonlarini boshqarish.
— HR bo‘limi va rekruterlar faoliyatini nazorat qilish, vazifalar taqsimlash va natijalarni baholash.
— Davomat, mehnat intizomi, KPI, xodimlar almashinuvi va kadrlar yetishmovchiligi bo‘yicha nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish.
— Filial rahbarlari bilan muntazam ishlash va xodimlarni boshqarish jarayonlarini yaxshilash.
— HR hisobotlari, tahlillar va kompaniya rahbariyati uchun takliflar tayyorlash.
— Ichki mehnat tartib-qoidalari va HR jarayonlarini takomillashtirish.
_ Bizga yangi amerika kerak emas, HR menejerlar va rekruterlar bajarib kelmoqda va barcha xodim nazorati uchun platforma mavjud, bizga shularni yanada takomillashtira oladigan, va jamoa bilan ishlay oladigan yo'lboshchi lider kerak!
Talablar:
— HR sohasida kamida 5 yil ish tajribasi.
— HR Director (HRD) lavozimida kamida 3 yil rahbarlik tajribasi.
— 500 nafardan ortiq xodimga ega tashkilotda HR jarayonlarini boshqargan bo‘lish.
— Chakana savdo, dorixonalar tarmog‘i yoki farmatsevtika sohasida ish tajribasi.
— Xodimlar bilan bog‘liq murakkab muammolar va nizolarni hal qilish bo‘yicha amaliy tajriba.
— HR jamoasini rivojlantirish lider kabi, qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyati.
— Mehnat qonunchiligi, xodimlarni baholash, motivatsiya va KPI tizimlarini bilish.
— Tahliliy fikrlash, talabchanlik, xolislik va kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari.
— Excel yoki Google Sheets hamda HR axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi zarur!.
Shartlar:— Farmatsevtika va chakana savdo yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyada ishlash.
— Rahbariyat bilan bevosita hamkorlik qilish va HR tizimini rivojlantirish imkoniyati.
— To‘liq stavkada, doimiy ish.
— Ish haqi nomzodning tajribasi, malakasi va suhbat natijalariga ko‘ra kelishiladi.
— Kasbiy rivojlanish va uzoq muddatli hamkorlik imkoniyati.
MUHIM: Bizga faqat HR hujjatlarini yuritadigan mutaxassis emas, balki katta jamoani boshqara oladigan, xodimlar muammolarini hal qiladigan va kompaniyada samarali HR tizimini shakllantira oladigan tajribali lider kerak.
Местоположение вакансии
О компании «Vaksina Healthcare»

Наша компания является одной из самых крупных и лидирующих компаний Узбекистана в сфере фармацевтики. Численность наших сотрудников составляет 750 человек. Филиалы нашей сети находятся в таких городах, как Самарканд, Фергана, Ургенч, Нукус, Термез и др.
СОХРАНЯЯ ЗДОРОВЬЕ, ДАРИМ РАДОСТЬ ЖИЗНИ!