ISHGA TAKLIF QILAMIZ!O‘quv markazimizga administrator lavozimiga qiz bola ishga taklif qilinadi!Talablar:Xushmuomala va kirishimli bo‘lishi;Mas’uliyatli va tartibli bo‘lishi;Kompyuterda ishlashni bilishi;Odamlar bilan ...
Matematika oqituvchisi kerak oquv markaziga
Описание вакансии
ISHGA TAKLIF: MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHISI
LEGACY LEARNING CENTER | ISHGA QABUL QILAMIZ
LEGACY LEARNING CENTER jamoasiga o‘z fanini chuqur biladigan, bilim va tajribasini o‘quvchilarga samarali yetkaza oladigan, mas’uliyatli va o‘z kasbini sevadigan matematika o‘qituvchilarini ishga taklif qilamiz!
Biz nafaqat matematik bilimlarga ega, balki murakkab masalalarni sodda va tushunarli tarzda izohlab, o‘quvchilarni yuqori natijalarga erishishga unday oladigan mutaxassislarni izlayapmiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
— Matematika fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borish;
— O‘quvchilarni maktab dasturi, milliy sertifikat va universitetga kirish imtihonlariga tayyorlash;
— O‘quvchilarning bilim darajasiga mos ravishda darslarni tashkil etish;
— Samarali dars materiallari, testlar va amaliy mashqlar tayyorlash;
— Murakkab matematik mavzu va masalalarni sodda, tizimli va tushunarli tarzda tushuntirish;
NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Matematika fanidan milliy sertifikati bolishi kerak ( B+, A, A+ )
— Matematika yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish avzallik hisoblanadi (talabalarning yuqori kurslari ham ko‘rib chiqiladi);
— Matematika fanini chuqur bilish va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;
— Mavzularni sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda tushuntira olish;
O‘qituvchilik tajribasi, abituriyentlarni tayyorlash hamda milliy sertifikat bo‘yicha ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi.
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
— 5 000 000 – 10 000 000 so‘m miqdorida maosh (malaka, tajriba va ish natijalariga qarab);
— Qulay va zamonaviy dars sharoitlari;
— Tayyor o‘quv materiallari va metodik yordam;
— Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati;
— Ahil, zamonaviy va doimiy rivojlanayotgan jamoa;
— LEGACY loyihalarida siz va oila a’zolaringiz uchun maxsus chegirmalar;
ISH JADVALI:
1-smena: 08:00 – 13:00
2-smena: 14:00 – 20:00
Ish jadvali va dars yuklamasi individual kelishiladi.
MAOSH:
5 000 000 – 10 000 000 so‘m
Nomzodning malakasi, tajribasi va dars yuklamasiga qarab belgilanadi.
ISH JOYI:
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Yakkatol 5-tor ko‘chasi, 1.
MUROJAAT UCHUN:
Telegram: *
Telefon: *
Murojaat qilish uchun quyidagi ma’lumotlarni yuboring:
F.I.Sh.
Ma’lumotingiz va mutaxassisligingiz.
Ish tajribangiz.
Matematika fanidan dars berish tajribangiz.
Milliy sertifikat yoki boshqa tegishli sertifikatlar (mavjud bo‘lsa).
O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot.
Telefon raqamingiz.
Saralangan nomzodlar suhbat va sinov darsiga (Demo Lesson) taklif qilinadi.
TEACH. INSPIRE. ACHIEVE.
LEGACY LEARNING CENTER — jamoamizga qo‘shiling!
#vakansiya #matematika #oqituvchi #ishbor #toshkent