Обязанности: Обработка входящих заявок Выявление потребностей Требования: Презентация продукта. Подготовка коммерческих предложений (КП). Условия: Выполнение плана и отчетность. Анализ рынка.
Менеджер по работе с клиентами
Описание вакансии
VAKANSIYA FAQAT AYOLLAR UCHUN!
Islombek Ibragimov - bizneslarga sotuv bo'limini 0dan qurib beradigan "SHARQ SALES" kompaniyasining asoschisi va rahbari hisoblanadi. Jamoamiz bilan shu vaqtgacha 300dan ortiq bizneslarga sotuv bo'limini 0dan qurib berdik.
Ayni kunda bizning "AISHA HOME" nomli tekstil korxonasining Toshkent shahridagi do'koni uchun sotuv menejerlari va call operatorlar zarur.
Sizning asosiy vazifalaringiz - telefon orqali bog'langan yoki do'konga kelgan mijozlarimizga o'z maxsulotlarimiz haqida ma'lumot berish va sotuvlarni amalga oshirish.
Biz beradigan qulayliklar:
- Sotuv bo'lim qurish bo'yicha N1 ekspertning jamoasida ishlash va yuqori tajriba olish imkoniyati;
- Qiymati 10 mln so'mdan ziyod bo'lgan sotuv kurslaridan BEPULga foydalanish imkoniyati;
- Sirtqida o'qiydigan talabalarni ham ishga olamiz, kompaniyamizga yaxshi qiymat bera olsangiz bizga yetarli bo'ladi;
- Bir oyda ikki marotaba oylik olasiz, har oyning 15-sanasida avans, har oyning 5-sanasida oylik maosh;
- Toshkent shahri markazidan, metroga 4 daqiqalik yo'lda joylashgan qulay va shinam ofisda ishlash;
- Faqat ayol-qizlar jamoasida ishlaysiz, ahil va inoq jamoamiz bor;
- Sharq sales kompaniyasi tomonidan har oy o'tkaziladigan "Akulalar majlisi" yig'ilishlarida qatnashish imkoniyati.
Biz sizdan nimalarni kutamiz:
- Sotuvchi-konsultantlikda yoki call operatorlikda kamida 6 oylik ish tajribasi va yuqori natijalar;
- O'zbek va rus tillarida erkin gaplasha olish, nafaqat gaplasha olish, balki shu tilda sota olishingiz kerak;
- Toshkent shahrida full taym tartibda haftasiga 6 kun soat 09:00 - 19:00 orasida ishlay olishingiz;
- Kirishimlilik, intiluvchanlik, stressga chidamlilik, yangiliklarga ochiqlik ko'nikmalari;
- Eng asosiysi: Sotuv sohasini qattiq sevish va shu sohaga umrini bag'shida qilgan xodimlar biz uchun zarur.




