🎬 Kontent Produser (SMM, Media va Kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha) Tashkilot: Uzbekistan Creative AssociationJoylashuv: ToshkentIsh turi: To‘liq stavkada (offlayn) 💡 Asosiy vazifalar:- Uzbekistan Creative Association ...
Kontent Produser (SMM, Media va Kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha)
Описание вакансии
компания "ою uzbekistan creative association"
kontent produser (smm, media va kreativ yo‘nalishlar bo‘yicha)
tashkilot: uzbekistan creative association
joylashuv: toshkent
ish turi: to‘liq stavkada (offlayn)
asosiy vazifalar:
- uzbekistan creative association faoliyatini yorituvchi ijtimoiy tarmoqlar (instagram, telegram, linkedin, youtube) uchun strategik kontent rejasini ishlab chiqish va yuritish;
- o‘zbekiston va xorijdagi kreativ soha vakillari (animatorlar, game lider yoki developerlar, dizaynerlar, musiqachilar, startapchilar va boshqa kreativ soha vakillari) bilan intervyular, podkastlar va maxsus reportajlar tayyorlash;
- qiziqarli va ma’naviy boy maqolalar, roliklar, mini-intervyular hamda “behind the scenes” kontentlar yaratish orqali keng auditoriyani jalb etish;
- video va foto kontentlar uchun ssenariy, struktura va g‘oya ishlab chiqish;
- ijtimoiy tarmoq statistikalarini tahlil qilib, auditoriya o‘sishi va faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- tashkilot loyihalari (gamefest, creative bootcamp, nextgen creators, va boshqalar) bo‘yicha axborot kampaniyalarini boshqarish;
- pr bo‘limi va dizayn jamoasi bilan birgalikda integratsion media loyihalar ishlab chiqish.
nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- smm, jurnalistika, media, kommunikatsiya yoki marketing yo‘nalishida kamida 2–3 yillik tajriba;
- kontent produserlik yoki intervyu/podkast tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba;
- ijtimoiy tarmoqlarda trend va algoritmlarni chuqur tushunish;
- videorolik va postlar uchun kreativ ssenariy yozish qobiliyati;
- adobe premiere, capcut, canva yoki shu kabi dasturlarni bilish afzal;
- o‘zbek va rus tillarida ravon so‘zlasha olish (ingliz tili afzal);
- kreativ, kommunikativ va jamoada ishlashga moyil bo‘lish.
afzal jihatlar:
- media yoki startap loyihalarda ishtirok etgan bo‘lish;
- podkast yoki video-intervyu loyihalarida yetakchi/ijodiy rol o‘ynagan bo‘lish;
- o‘zbekiston va jahon kreativ iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega bo‘lish.
ish haqi:
tajriba va portfoliodan kelib chiqib belgilanadi (intervyu asosida).
kichik topshiriq:
- biz siz ushbu e’lonni oxirigacha diqqat bilan o‘qiganingizga va bizning yondashuvimizni qo‘llab-quvvatlashingizga ishonch hosil qilish uchun, o‘zingizning arizangiz (javob xatingiz) boshida quyidagi so‘zni yozing: "creativeready"
ushbu so‘zsiz yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi