Бухгалтер( TIRKASHOV OG‘ABEK RAVSHAN O‘G‘LI )
Описание вакансии
компания "tirkashov og‘abek ravshan o‘g‘li"
optimal — buxgalteriya autsorsing kompaniyasi. 2020-yildan beri tadbirkorlarga buxgalteriya va soliq hisobini yuritish, boshqaruv hisobi xizmatlarini ko'rsatamiz. jamoamizga tajribali buxgalter taklif qilamiz.
vazifalar:- bir nechta mijoz korxonalarning buxgalteriya hisobini to'liq yuritish (birlamchi hujjatlardan balansgacha)
- bank-mijoz operatsiyalari, kassa, tmz, asosiy vositalar hisobini yuritish
- elektron hisob-fakturalar (didox, faktura.uz va h.k.) bilan ishlash
- ish haqi va ish haqi soliqlarini hisoblash
- qqs, foyda solig'i, aylanmadan olinadigan soliq va boshqa hisobotlarni tayyorlash va my.soliq.uz orqali topshirish
- moliyaviy hisobotlarni tuzish, oyni yopish
- kontragentlar bilan solishtirma dalolatnomalar tuzish, soliq organi so'rovlariga javob tayyorlash
- mijozlarga hisob va soliq masalalari bo'yicha maslahat berish
- buxgalter sifatida kamida 3 yil ish tajribasi (autsorsingda ishlagan bo'lsangiz — katta ustunlik)
- o'zbekiston soliq qonunchiligi va bhms bo'yicha yaxshi bilim
- 1c:buxgalteriya dasturida erkin ishlash; 1c:unf bilan tanishlik ustunlik
- my.soliq.uz, didox, bank-mijoz tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi
- bir vaqtning o'zida bir nechta korxona bilan ishlay olish, mas'uliyat va aniqlik
- o'zbek va rus tillarini bilish
- mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga joylashish
- ish jadvali: 5/2, kuniga 8 soat, toshkentdagi ofisda
- maosh: 8 000 000 – 12 000 000 so'm (qo'lga), bajarilgan ishlar hajmi va murakkabligiga bog'liq ballar tizimi asosida — ko'p va sifatli ishlagan ko'p topadi
- ish haqi oyiga ikki marta to'lanadi
- aniq tizimlashtirilgan jarayonlar: ishlar katalogi, 1c:unf da vazifalar, ichki qo'llanmalar
- boshqaruv hisobi va moliyaviy direktorlik yo'nalishida o'sish imkoniyati