Sariosiyo BXM Mahalla tadbirkorlariga xizmat ko‘rsatish sho‘basi bosh mutaxassisi( АКБ Qishloq quril

Термез, Сурхандарьинская область акб qishloq qurilish bank Полная занятость Сменный график до 1 года Образование: Не имеет значения
Откликнуться на Careerist

Описание вакансии



компания "акб qishloq qurilish bank"

xizmat vazifalari:

  • mahalla imkoniyatlarini o‘rganish:

biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni chuqur tahlil qilish va asosiy muammolarni aniqlash; biriktirilgan mahallalar aholisi bilan muntazam muloqot o‘rnatish va ularning ishga bo‘lgan qiziqishi va imkoniyatlarini o‘rganish.

  • biznes g‘oyalarni aniqlash va rivojlantirish: biriktirilgan mahallalarda aholi tomonidan bildirilgan g‘oyalarni tahlil qilish va ularning amaliy imkoniyatlarini baholash; aniqlangan g‘oyalarni biznes-loyihalarga aylantirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish; loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish va to‘ldirishda ko‘maklashish.
  • moliyalashtirish jarayonlarida yordam berish biriktirilgan mahallalarda aholini bank kreditlari va davlat subsidiyalari foydalanish tartiblari bilan tanishtirish; kredit arizalarini to‘g‘ri va to‘liq tayyorlashda yordam ko‘rsatish; kredit mablag‘larini maqsadli va samarali sarflash bo‘yicha maslahatlar berish.
  • biznes ochishda amaliy yordam ko‘rsatish biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma berish; ro‘yxatdan o‘tish, litsenziyalar olish bo‘yicha maslahatlar berish; bozorda sotish uchun kerakli mahsulotlar va xizmatlarni aniqlashda yordam berish.
  • loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish biriktirilgan mahallalarda loyihalarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish; loyiha doirasida yuzaga kelgan muammolarni joyida hal qilishda ishtirok etish; loyihaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va maslahat berish; mahalliy hokimiyat, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish; loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun bank xodimlari bilan hamkorlik qilish.
  • hisobotlar: bank va mahalliy hokimiyatga har oyda loyihalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etish; biriktirilgan mahallalarda aholining muammolari va ehtiyojlari haqida tegishli tuzilmalarga ma’lumot berish.
  • aholining moliyaviy savodxonligini oshirish

biriktirilgan mahallalarda aholi moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlar o‘tkazish.

nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
    kamida 3 yillik bank sohasida ish tajribasiga ega bo'lishi;
  • bank moliya iqtisodiyot sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini bilish;
  • o‘zbek va rus tilini yaxshi bilish;
  • kompyuter texnikasi va ms office dasturlarining (xususan word, excel va powerpoint) barcha imkoniyatlaridan bemalol foydalana olish;
  • tahliliy ishlarni bajarishdagi ko‘nikmalar, axborot-tahlil materiallari va taqdimotlarni tayyorlash, muzokaralarni tashkil etish va o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Вакансия опубликована: 22 Ноября 2026. Источник: Careerist. ID вакансии: #2106928

Работа в Сурхандарьинской области