Sotuv operatori (Koreyada talim, issiq lidlar)

Ташкент, Ташкентская область ray of dreams consult1ng Полная занятость Сменный график до 1 года Образование: Не имеет значения
Откликнуться на Careerist

Описание вакансии



компания "ray of dreams consult1ng"

ray consulting — o'zbekiston yoshlariga janubiy koreya universitetlariga o'qishga kirishda yordam beradigan kompaniya. talabani boshidan oxirigacha olib boramiz: universitet tanlash, hujjatlarni tayyorlash, o'qishga topshirish, viza va koreyaga borgandan keyin 1 oy davomida joyida yordam.

jamoamizga sotuv operatori kerak. sizga koreyada o'qishni orzu qilgan odamlar qo'ng'iroq qiladi. siz ularga bu yo'lni boshlashga yordam berasiz.

nima bilan shug'ullanasiz:
target reklamadan kelgan issiq lidlarga qo'ng'iroq qilish — mijoz izlash shart emas
kiruvchi qo'ng'iroqlar va murojaatlarni qabul qilish
avval ishlanmay qolgan lidlar bilan qayta bog'lanish
mijozga xizmatlar, tariflar, kerakli hujjatlar va butun jarayon haqida tushuntirish
mijozning ehtiyojini aniqlash va e'tirozlariga javob berish
viloyatdagi mijozlar bilan sotuvni telefonda o'zingiz yakunlash — mijoz toshkentga bir marta, hamma hujjatlari bilan keladi
toshkentdagi mijozlarni konsultant yoki rahbar bilan uchrashuvga yozish
barcha qo'ng'iroq va bitimlarni bitrix24 da yuritish

talablar:
o'zbek tilida ravon va savodli gapirish — majburiy
telefon orqali sotuv yoki call-markazda kamida 1 yil tajriba
e'tirozlar bilan ishlay olish va sotuvni oxiriga yetkazish
kompyuterda bemalol ishlash
bitrix24 bilan ishlagan bo'lsangiz — afzallik

daromad:
fiks oylik: 4 000 000 – 5 000 000 so'm (tajribaga qarab, suhbatda kelishiladi)
sotuvdan bonus: oyiga qancha ko'p sotsangiz, har bir sotuv uchun stavka shuncha oshadi
hozirgi tizim bo'yicha misol:
– oyiga 13 ta sotuv — ~1,6 mln so'm bonus
– 25 ta sotuv (oylik reja) — ~5,25 mln so'm bonus
– 35 ta va undan ko'p — 8,5 mln so'm va undan yuqori
rejani bajargan operator oyligiga teng yoki undan ham ko'p bonus oladi. yuqori chegara yo'q.

ish sharoitlari:
grafik: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
ofis: toshkent, muqimiy ko'chasi 14a, novza metrosi yonida
rasmiy mehnat shartnomasi
koreyada ta'lim, hujjatlar va viza jarayonini o'zimiz o'rgatamiz
reklamadan har kuni yangi issiq lidlar keladi
sinov muddati: 3–7 kun

qanday murojaat qilish kerak:
rezyumeingizni shu yerda yuboring. xat qismida qisqacha yozing:
qayerda va qancha vaqt sotuvda ishlagansiz;
qaysi crm bilan ishlagansiz.
mos kelgan nomzodlar bilan tez orada bog'lanamiz.

Метки

Вакансия опубликована: 23 Ноября 2026. Источник: Careerist. ID вакансии: #2107004

Работа в Ташкентской области

Похожие вакансии

Вакансии, которые могут Вас заинтересовать

Sotuv operatori (Koreyada talim, issiq lidlar)
от 4 000 000 до 10 000 000 so'm
Ташкент, Ташкентская область RAY OF DREAMS CONSULT1NG Полная занятость Гибкий график | 6/1 Не имеет значения от 1 года до 3 лет
bonus