SMM menejer

Узбекистан, Уртачирчикский район, махаллинский сход граждан Саидовул-Бахт CHEMPLANT Полная занятость Гибкий график от 1 года до 3 лет
Откликнуться на HeadHunter

Описание вакансии


🎨 SMM menejer | MAFF

Biz ranglar yaratamiz, siz esa ular haqida hikoya qilasiz!

MAFF — bo'yoq va lok mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona. Biz brendlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda rivojlantirish, kreativ g'oyalarni amalga oshirish va auditoriyamiz bilan samarali muloqot o'rnatish uchun jamoamizga SMM menejer izlayapmiz.

Agar siz uchun SMM shunchaki post joylashtirish emas, balki brend imijini shakllantirish, auditoriyani jalb qilish va aniq natijalarga erishish vositasi bo'lsa, biz sizni jamoamizda kutamiz!

🎯 Nimalar bilan shug'ullanasiz?

- Korxona brendlari uchun oylik kontent-reja ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- Mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va marketing tadbirlarini foto va videoga olish;
- Kreativ matnli, grafik va videokontent yaratish;
- Ijtimoiy tarmoqlarda materiallarni o'z vaqtida joylashtirish;
- Target reklama kampaniyalarini sozlash, ishga tushirish va boshqarish;
- Auditoriya bilan muloqot qilish, xabarlar va izohlarga javob berish;
- Potensial mijozlarning so'rovlarini savdo bo'limiga yo'naltirish;
- Kontent va reklama samaradorligini tahlil qilish hamda oylik hisobotlarni tayyorlash.

🔍 Sizdan nimalarni kutamiz?

- SMM va kontent yaratish sohasida kamida 1 yillik tajriba;
- O'zbek va rus tillarini og'zaki va yozma ravishda bilish;
- Foto va video olish, montaj qilish hamda grafik tahrirlash dasturlarida ishlash ko'nikmalari;
- Kontent va target reklama samaradorligini tahlil qilish qobiliyati;
- Kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va mas'uliyat;
- Mustaqil ishlash va o'z vaqtini samarali boshqarish qobiliyati.

📁 Portfolio mavjudligi afzallik hisoblanadi.

🚀 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?

- Professional jamoada ishlash;
- Kasbiy o'sish va rivojlanish imkoniyati;
- Kreativ g'oyalaringizni amalga oshirish va ish jarayonini mustaqil tashkil etish imkoniyati;
- Korporativ tushlik;
- Korporativ aloqa va zarur ish texnikasi;
- Xizmat safari xarajatlarining qoplanishi.

Biz bilan birga brendlarimizga yangi rangva yangi auditoriya olib keling!

📩 Rezyume va portfoliongizni yuboring. Balki MAFF brendlarining navbatdagi muvaffaqiyatli hikoyasi aynan siz bilan boshlanar!

Местоположение вакансии

Местоположение вакансии
Узбекистан, Уртачирчикский район, махаллинский сход граждан Саидовул-Бахт

О компании «CHEMPLANT»

MAFF kompaniyasining tarixi 1997-yilda Germaniyadan yuqori sifatli lak-bo‘yoq mahsulotlarini yetkazib berish va sotish faoliyatidan boshlangan. Yevropa texnologiyalari hamda bozor ehtiyojlarini chuqur anglash o‘z ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.

2002-yilda lak-bo‘yoq materiallarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha strategik qaror qabul qilindi. O‘sha davrda O‘zbekistonda mazkur sohada atigi to‘rtta ixtisoslashgan korxona faoliyat yuritar edi. Kompaniya ishlab chiqarish majmuasini xarid qildi.

2004-yilga kelib, MAFF O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib zamonaviy suv-emulsion bo‘yoqlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan kompaniyalardan biriga aylandi. Bu mamlakat lak-bo‘yoq sanoatini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Вакансия опубликована: Вчера. Источник: HeadHunter. ID вакансии: #2108906